Hozirda Özbekistonda binolar, yangi yöllar quriş va ta'mirlaş kabi bunyodkorlik işlari jadal olib borilmoqda. Bu öz-özidan qurilişda qöllaniladigan texnikalarga, jumladan yuk avtomobillariga bölgan talabni oşiradi. Ana şunday texnikalarni yetkazib beriş bilan şuğullanuvçi UzAuto TRAILER kompaniyasi öz mijozlariga oğir texnikalar bozorida yetakçilik qilib kelayotgan yuk avtomobillaridan biri – KAMAZ avtosamosvallarini taklif qilmoqda.
Texnik imkoniyatlari qanaqa?
KAMAZ avtosamosvallari özining mustahkamligi, narxlarining hamyonbopligi va boşqarişga qulayligi bilan şu turdagi texnikalar orasida alohida ajralib turadi. Xususan, kuzov siğimi 16 m³ va 18 m³ bölgan KAMAZ 6520-1043 va KAMAZ 6520-23016 rusumli avtosamosvallarda yuklar orqa tarafdan tuşiriladi. Bu sizga yirik gabaritli yuklar, inert materiallarni yuklaş va tuşirişda qulaylik yaratadi. 320 va 400 ot kuçiga ega bölgan avtosamosvallar 16 bosqiçli mexanik uzatmalar qutisi, kuçaytirilgan ressor osmasi, ABS, ARS'ga ega mustahkam tormoz tizimlari bilan jihozlangan.
Uşbu modellar 20 tonnagaça yukni bemalol kötaradi. Bundan taşqari, yöltanlamas samosvallar unça-munça avtomobil ötişga qiynaladigan yöllarni osonlik bilan bosib öta oladi. Amortizatsiya tizimi ham puxta işlangan bölib, nosoz yöllarda çayqalib yuriş oqibatida yuklarga zarar yetişining oldini oladi. Texnik imkoniyatlarining kengligi sababli ulardan nafaqat quriliş sohasida, balki qişloq xöjaligida ham foydalaniş mumkin.
KAMAZ 6520-1771-PM gazda yuradigan avtosamosvalida esa ekologik tozalik ham inobatga olingan bölib, uni xarid qilganlar ançagina mablağni tejab qolişadi. Sababi uşbu model:
- yonilğini 2 barobargaça kam sarflaydi;
- nisbatan uzoq muddat xizmat qiladi;
- dvigateldan çiqadigan şovqin ham pastroq.
- GBJni zavodning özida kafolati bilan örnatib berişadi!
Yetkazib berişlarini uzoq kutmaysiz
UzAuto TRAILER kompaniyasi öz mijozlari vaqtini juda qadrlaydi va şu sababli texnikalarni tezkor yetkazib berişni asosiy vazifasi deb biladi. KAMAZ avtosamosvallari ayni paytda ham sotuvda mavjud bölib, istagan paytda uşbu texnikalarni özingizga qulay bölgan şartlar asosida xarid qilişingiz mumkin.
UzAuto TRAILER öz mijozlari safi kengayişidan hamişa manfaatdor va şu sababli doimo ularning işonçini oqlaşga, xarid vaqtida ularga imkon qadar köproq imkoniyatlar berib, rasmiylaştirişni oson va foydali şartlar asosida olib borişga harakat qiladi.

















