«Mossad» taşqi razvedka xizmati va AMAN harbiy razvedkasi tomonidan Eron içkarisida ötkazgan maxsus amaliyot – Isroilning 13 iyunga ötar keçasi islom respublikasiga qilgan hujumining muhim qismi bölgan. 13 iyun kuni tongida kuçişlatar tuzilmalardagi manbalar Isroil naşrlariga uşbu amaliyotning ayrim tafsilotlarini oşkor qilgan.

Bu Isroil maxsus xizmatlari uçun standart amaliyotdir: ular juda kam hollarda xorijdagi harakatlari töğrisida rasman xabar beradi, ammo köp hollarda bunday amaliyot haqida matbuotga ma’lumot «sizdiradi». Boşqa söz bilan aytganda, operatsiya tavsifi — «Mossad»ning press-relizi bölib, u maxsus xizmatni imkon qadar yutuqda qilib körsatadigan tarzda tayyorlangan.

Operatsiyaga bir neça oy tayyorgarlik körilgan. Agentlar zarba nişonlari: yadroviy obektlar, harbiy bazalar (ayniqsa raketa bazalari), şuningdek, Eron harbiy rahbariyatidagi muhim şaxslar hamda uning yadroviy dasturi iştirokçilari töğrisida ma’lumot töplagan.

Tungi hujumdagi dastlabki zarbalar nişonlari aynan harbiy qömondonlar va yadro sohasidagi yetakçi olimlar böldi. Eronning muhim tuzilmalari, jumladan Islom inqilobi muhofizlari korpusi, armiya, havo hujumidan mudofaa qöşinlari va raketa-kosmik kuçlari, şuningdek yadroviy dasturi boşsiz qoldi: kimdir halok böldi, kimdir yaralandi, kimdir bedarak ketdi, kim bilandir aloqa örnatib bölmadi — va bir neça muhim soatlar mobaynida zarur topşiriqlarni beradigan odamning özi yöq edi.

Bundan taşqari, «Mossad»ning maxsus topşiriqli otryadlari eronliklarning havo hujumidan mudofaa batareyalari yaqinidagi oçiq maydonlarga yuqori aniqlikda zarba beruvçi tizimlarni joylaştirgan. Hujum boşlanganida ular masofadan turib faollaştirilgan — va ular Isroil harbiy-havo kuçlarining Erondagi obektlarni bombalaş uçgan samolyotlari yöllarini tozalab bergan.

Isroil Eron mudofaa obektlarining yana bir qismini «transport vositalariga yaşirinça joylaştirilgan ilğor hujum tizimlari» yordamida yöq qilgan. Bunday ta’rif bu amaliyot Ukrainaning «Örgimçak töri» operatsiyasiga öxşaşligini taxmin qiliş imkonini beradi, öşanda Rossiya samolyotlari aerodromlarda turgan joyida yuk maşinalarida yetkazilgan dronlar yordamida yoqib yuborilgandi.

Şuningdek, «Mossad» agentlari Tehron yaqinida zardor dronlar bazasini yaratgan. Isroil naşrlari manbalari ma’lum qilişiça, hujum kuni keçasi ular orqali Asfajoboddagi «yer-yer» raketalarini uçiriş moslamalariga zarba berilgan. Uşbu turkum naşrlargaça bunday baza mavjudligi heç qayerda tilga olinmagandi. Eronda hatto bunday nomdagi geografik obekt ham yöq. Gap mamlakat şimoli-ğarbidagi Ardabil viloyatidagi Esfahobod qişloği haqida ketayotgan bölişi mumkin, biroq u yerda harbiy baza borligi haqida ham ma’lumot yöq. Taxmin qiliş mumkinki, manbalar jurnalistlar orasida tarqatgan materiallarda barça naşrlar takrorlagan xatolik bölgan.