Juma kuni keçqurun Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu videomurojaat bilan çiqib, Eron xalqini öz yetakçilariga qarşi isyon kötarişga çaqirdi.
«Isroil harbiy operatsiyasining maqsadi ham yadroviy, ham raketa tahdidini bartaraf etişdir. Maqsadlarimizga erişar ekanmiz, siz erkinlikka erişişingiz uçun ham yöl oçib boramiz«», – dedi Netanyahu.
Tahlilçilar fikriça, rejim özgarişiga umid Isroilning Eronga hozirgi hujumlari sabablaridan biri bölişi mumkin.
«Isroil xalq kötarilişini xohlaydi», – deydi Reuters agentligi bilan suhbatda Vaşingtondagi Yaqin Şarq siyosati instituti xodimi hamda kiçik Jorj Buş ma’muriyatining sobiq yuqori martabali mulozimi Maykl Singh.
Isroil zarbalar ortidan Eron rahbariyati zaiflaşişi hamda xalq qözğolon kötarişiga umid qilmoqda, ammo bunda ham ulkan xavf bor, deya qayd etadi BBC Fors xizmati muharriri Amir Azimiy, çunki bunday zanjir reaksiyasi çindan ham sodir bölişiga hali heç qanday işonç yöq.
BBC’ning Yaqin Şarq böyiça korrespondenti Hyugo Baçega qayd etişiça, Eron hukumati hozirda jiddiy bosim ostida qolgan. Jamoatçilik iqtisodiyotning holatidan, söz erkinligi ta’minlanmagani, ayollar va ozçiliklar huquqlari buzilayotganidan norozi.
Isroilning zarbalari Islom inqilobi muhofizlari korpusi qömondoni, mamlakat qurolli kuçlari boş ştabi boşliği va boşqa köplab yuqori martabali harbiy rahbarlar ölimiga olib keldi. Eronning javob zarbasidan keyin esa Netanyahu «tez orada Isroil harbiy havo kuçlari samolyotlari Tehron ustidan uçişi»ni aytib, mamlakatning siyosiy rahbarlari ham yöq qilinişiga işora qildi. Xususan, Eron oliy rahbari Ali Xominaiy öldirilişi «uruşga barham berişi» haqida gapirdi.
Ammo sodir bölayotgan voqealar içki beqarorlik va hukumatga qarşi harakatlarga olib kelişi mumkinmi yoki yöqmi, bu noma’lumligiça qolmoqda. Ayni vaqtda bunday jarayonlar boşlangani haqida işonçli dalillar yöq va agar ular boşlansa ham, natijasini oldindan aytib bölmaydi.
Erondagi haqiqiy hokimiyat armiya va iqtisodiyotni nazorat qiluvçilar, birinçi navbatda, Islom inqilobi muhofizlari korpusi tuzilmalari hamda boşqa xalq tomonidan saylanmaydigan organlar qölida jamlangan. BBC Fors xizmati muharriri Amir Azimiy bu kuçlarga davlat töntarişi kerak emasligini qayd etadi: ular şusiz ham hokimiyatda va agar xohlaşsa, mamlakatni yanada qarama-qarşi yönalişga olib ketişi mumkin.












