Jinoyatni fosh etishda O‘zbekiston IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaning birinchi kotibi — ichki ishlar masalalari bo‘yicha aloqa ofitseri o‘rtasidagi samarali hamkorlik muhim ahamiyat kasb etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1981 yilda tug‘ilgan I.U. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bo‘yicha Namangan viloyati IIB tomonidan qidiruvga berilgan. Tezkor ma’lumotlar asosida u Turkiyaning Istanbul shahrida yashirinib yurgani aniqlandi.
Mazkur shaxs joriy yilning 17 iyun kuni Turkiya hududida qo‘lga olinib, belgilangan tartibda O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.







