Buxoro viloyati, Buxoro tumanida joylaşgan xususiy maktabgaça ta’lim taşkilotida baxtsiz hodisa yuz berdi.
Buxoro viloyati prokuraturasi xabariga köra, 28 mart kuni 2 yaşar bola elektr toki urişi oqibatida vafot etgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan iş qözğatilgan.
Dastlabki tergovda aniqlanişiça, boğça tarbiyaçisi M.D. tarbiyalanuvçilarni qarovsiz qoldirgani oqibatida fojia yuz bergan.
«M.D. vazifasiga yoşi va individual xususiyatlarini inobatga olgan holda bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qiliş, texnika va yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qiliş kabi kasbiy majburiyatlar kirişi belgilangan bölsada, öz kasbiga nisbatan beparvo hamda öz vazifalarini lozim darajada bajarmagani va öziga biriktirilgan guruhda tarbiyalanuvçilarni qarovsiz qoldirgani aniqlandi hamda natijasiga köra mazkur jinoyat işi 18 iyun kuni mazmunan köriş uçun sud muhokamasiga yuborildi», deyiladi xabarda.

















