Toşkent Kimyo xalqaro universiteti (TKXU) 2025 yil iyun oyida Yaponiyaning yetakçi kompaniyalari vakillaridan iborat nufuzli delegatsiyani qabul qildi. Loyiha asosida özbek talabalari Yaponiyaning arxitektura va quriliş sohasidagi yetakçi kompaniyasida işlaş imkoniga ega bölişadi.

Migratsiya agentligining xabar berişiça, Yaponiya 10 ming nafar özbekistonlik mutaxassislarni iş bilan ta’minlaydi. Ikki mamlakat örtasida imzolangan kelişuvda Yaponiyaga viza tartibini soddalaştiriş masalasi ham kötarilgan. Strategik hamkorlik yuzasidan Yaponiyaning Daiwa House quriliş kompaniyasi Toşkent Kimyo xalqaro universitetiga taşrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibida Daiwa House Industry Co., Ltd. boş direktori Keiiçi Yoşi, xalqaro biznes bölimi rahbarlari, şuningdek, Tokio Marine & Nichido Fire Insurance kompaniyasining Özbekistondagi vakili Muhsin Açilov ham iştirok etdi.

“Universitetimizda xalqaro aloqalarga katta e’tibor qaratamiz. Hamkorlarimiz soni kundan kunga ortib boryapti. Talabalarning eng asosiy talabi – ularni iş bilan ta’minlaş. Bizning asosiy strategiyamiz universitet talabalarini xalqaro miqyosda iş bilan ta’minlaş, ularni xalqaro bozorga yetkaziş bilan şuğullanamiz.

Bugun Yaponiyaning yirik Daiwa House kompaniyasi rahbariyati taşrif buyurdi. Özi 2 yildan beri Yaponiya bilan aloqalarimiz bor edi. Ularga malakali kadrlarni tayyorlab beriş, Yaponiyada tahsil oliş, amaliyotlarni taşkil etiş böyiça hamkorlikni yölga qöyganmiz. Daiwa House kompaniyasi dunyo böyiça yirik kompaniya sanaladi”, - dedi Arxitektura va şaharsozlik, quriliş ta’limi yönalişi dekani Kamoliddin Saidov.

Delegatsiyani universitet muassisi, professor Alişer Vahobov boşçiligida universitet jamoasi kutib oldi, uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yönalişlari muhokama qilindi. Muloqot davomida universitetda Yaponiya kompaniyalari uçun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş, bitiruvçilar uçun Yaponiyada amaliyot va iş imkoniyatlarini yaratiş, ilmiy tadqiqot va amaliy loyihalarda hamkorlik yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.