Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Ukraina siyosatidagi eng nufuzli şaxslardan biri va Ğarbdagi hamkorlar, birinçi navbatda, AQŞ bilan muzokaralarda Ukrainaning eng muhim vakili hisoblanadi. Ammo uç yildan ortiq davom etgan Rossiya-Ukraina uruşi davomida Vaşingtonda unga nisbatan köplab noroziliklar töplangan, deb yozadi Politico. Bu haqda naşrga 14 nafar suhbatdoş, jumladan, AQŞ va Ukraina rasmiylari, şuningdek, ularning xalqaro uçraşuvlarni taşkil etuvçi yordamçilari ma’lum qildi.

Uruş şaroitida Yermak bilan muomala qilişga töğri kelgan Amerikaning har ikki  ma’muriyati (Jo Bayden va Donald Tramp) vakillari fikriça, u tajovuzkor, Amerika siyosati va byurokratiyasini yaxşi tuşunmaydi, şuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga AQŞning turli masalalar böyiça pozitsiyasini notöğri yetkazadi. Bayden jamoasi a’zolari hatto Ukraina tomonidan Yermakni toksik deb hisoblab, uni delegatsiya tarkibiga kiritmaslikni söragan.

Iyun oyi boşida Yermak Vaşingtonga taşrif dasturi aniq şakllantirilmagan holda keldi. U bilan davlat kotibi Marko Rubio, Oq uy apparati rahbari Syuzi Uayls va vitse-prezident Jyey Di Vens jamoasi uçraşişdan boş tortgan. Yermak baribir Rubio bilan uçraşişga muvaffaq bölgan, uni Oq uy yölagida şunçaki uçratib qolgan. Yermak Uaylsdan javobni uzoq kutgan, ammo u delegatsiyani baribir qabul qilmagan (Ukraina tomoni qisqa muddatli bölsa-da, uçraşuv bölib ötganini ta’kidlaydi). Vensning jamoasi esa uçraşuv haqidagi iltimosga umuman javob bermagan.

Politico manbalariga köra, Yermak Ukraina va AQŞ örtasidagi foydali qazilmalar böyiça kelişuvning ahamiyatini juda oşirib yuborgan va u Ukrainaga Amerika xavfsizlik kafolatlarini taqdim etişiga işonçi komil bölgan. Manbalardan biri buni «kulgili» deb atagan.

Politico izoh oliş uçun Yermakka murojaat qildi. U öz matbuot xizmati orqali javob berib, Ukrainani himoya qiliş uçun qölidan kelganini qilayotganini bildirgan. «Agar bu meni „muammoli“ deb hisoblaşlarini bildirsa, mayli, şunday deb bölaqolsin. Agar bu mamlakatimga va prezidentimning missiyasiga yordam bersa, eşik tagida soatlab kutişga tayyorman. Men Amerika siyosati qanday işlaşini töliq tuşunişga da’vo qilmayman. Men özim bilgan mamlakat – Ukraina haqida gapiriş uçun kelyapman», – dedi u.

Ukraina rahbariyati va Tramp ma’muriyati örtasida bunday muloqot qiyinçiliklari mavjud bölsa-da, Rossiya tomoni AQŞning yangi hokimiyati bilan ozmi-köpmi aloqa örnata olgani aniq. Tramp Ukrainaga muhim harbiy yordamni töxtatiş bilan tahdid qilmoqda, Rossiyaga esa qayta-qayta yon berişni taklif qilmoqda – va hatto uning tinçlik taşabbuslari amalda rad etilganda ham, u faqat ğazablangan bayonotlari bilan çeklanmoqda, deb yozadi Politico. Şu bilan birga, Yermak Zelenskiyning eng yaqin va katta ehtimol bilan almaştirib bölmaydigan safdoşi bölib qolmoqda.