Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Qrimda biznes olib borayotgan» jismoniy va yuridik şaxslarga qarşi yangi sanksiyalar joriy etiş töğrisidagi farmonni imzoladi.
«Va bugun bu — şunday şaxslarlarga qarşi sanksiyalar böyiça katta işlarning faqat boşlanişidir. Maxsus xizmatlardan ma’lumotlar bor — biz prinsipial yondaşamiz. Yaqin orada navbatdagi sanksiya qarorlari e’lon qilinadi», — deydi Zelenskiy.
«Strana.ua»ning yozişiça, «Ukrainskaya Pravda» gazetasi egasi Tomaş Fialaning biznes şerigi va unga boğliq kompaniyalar sanksiyalarga uçragan. Naşr ma’lumotlariga köra, gap estoniyalik Hillar Teder hamda uning Arricano Real Estate PLC kompaniyasi haqida ketmoqda. Fialaning öziga nisbatan sanskiyalar qöllanilmagan.
Bundan taşqari, Zelenskiy Londonga ketib qolgan xalq deputatu Artyom Dmitruk, sobiq xalq deputati Alensandr Onişenko va kinoprodyuser Vlad Ryaşinga qarşi ham sanksiyalar joriy etgan.
Jami 13 kişi va sakkizta kompaniya sanksiyalarga uçragan bölib, ularning ikkitasi Rossiyada, qolganlari Kiprda röyxatdan ötkazilgan.
«Strana.ua» yangi sanksiyalarni «Ukrainskaya pravda» sönggi kunlarda boş vazir örinbosari — milliy birlik vaziri Aleksey Çernişovga qarşi korrupsiya aybloviga boğliq mojaroni yoritgani bilan boğlamoqda. Ötgan hafta Ukraina Milliy antikorrupsiya byurosi va Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça ixtisoslaştirilgan prokuratura 23,8 million dollarlik zarar yetkazişi mumkin bölgan quriliş sohasidagi korrupsiyaviy bitimni foş etgandi. Holat böyiça beş nafar şaxs gumonlanmoqda, ularning ikki nafari Çernişovga aloqador.

















