Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘g‘ulistonda O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi bilan kutib oldi. Suxe-Botir maydonida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston yetakchisi va rafiqasini Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi bilan kutib oldi.


Suxe-Botir maydonida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.
Marosimdan so‘ng O‘zbekiston prezidenti Mo‘g‘uliston Davlat saroyidagi Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.
Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.







Mavzuga oid
10:06 / 09.03.2026
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonning istiqbolli uran konlarini o‘rganadi
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025