Poytaxtning boş suv havzasi – Bözsuv kanali qirğoqlarini betonlaştiriş işlarining 30 foizi yakuniga yetdi. Qolgani böyiça loyiha işlab çiqilyapti. Bu işlarga mas’ul hokimlik rasmiysi Kun.uz bilan suhbatda loyihalarni jamoatçilikka oçiqlaşga, ularni amalga oşirişda “birorta daraxtning hatto şoxi ham kesilmasligi”ga va’da berdi. U aholiga yozda çömiliş joylari kerakligi haqidagi savolga ham javob berdi.

Toşkent şahar hokimligi 26 iyun kuni press-tur taşkil qilib, jurnalistlarni Bözsuv va Börijar kanallarida olib borilayotgan obodonlaştiriş işlari bilan taniştirdi.

Ma’lum qilinişiça, poytaxtning qoq markazidan oqib ötuvçi Bözsuv kanali qirğoqlarini betonlaştiriş işlari davom etyapti. Hozirga qadar kanalning 30 foizi betonlaştirilgan. Qolgan qismi loyihalaştirilmoqda.

Toşkent şahar kanallardan foydalaniş va unga tutaş hududlarni obodonlaştiriş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Muhiddin Xöjabekov loyihalaşda “birorta daraxtning hatto şoxi ham kesilmasligi”ni aytdi.

Uning bu bayonoti – Bözsuvning davomi bölmiş Börijar kanali qirğoqlarini betonlaştiriş paytida ötgan yildan beri minglab daraxtlar kesib taşlangani, betonlaştirişda xavfsizlik nuqtalari közda tutilmagani sabab bolalarni qutqarişga uringan erkakning çökib ketgani ortidan yangramoqda.

Bunday fojialar takrorlanmasligi uçun, Kun.uz muxbiri Xöjabekovdan oqib ketayotgan odam suvdan çiqib olişiga imkon beruvçi xavfsizlik imkoniyatlari nega qoldirilmayotgani haqida söradi.

“Betonlaştirişda odamni tutib qoliş va şunga öxşaş inşootlar nima uçun qurilmaydi, dedingiz. Siz nazarda tutayotgan gorizontal va vertikal uskunalar odamlarni tutib qoliş uçun emas, ular – gidrotexnik inşoot hisoblanadi. Suvlarni ölçaş uçun bajariladigan inşoot. Biz köp davlatda böldik, odam çökib ketganda u uşlab qolişi uçun qilinadigan inşootlarga közim tuşmadi. Siz aytgan çoralar – suvni ölçaş maqsadida qilinadi”, – dedi hokimlik rasmiysi.

Toşkent aholisi Anhor kanalida çömilmoqda. Olimpiya şon-şuhrati muzeyi yaqinidagi bu joyda kanal yoqasi toşlar bilan qoplangan. / Foto: Mixail Zuyev / Facebook

Kun.uz muxbiri poytaxtda bepul çömiliş joylari deyarli qolmagani, kanallar yoqasini beton emas, toşli qilsa, odamlar yozda çömilişi mumkinligini aytib, mutasaddidan bu borada munosabat söradi. U bu masala hozir işlab çiqilayotgan loyiha taklifiga boğliqligini aytdi.

“Bizda hozir loyiha taklifi ketyapti. Hozir 4-5 ta joyni çömiliş havzalari uçun ajratib, örganib ketyapmiz, loyihaga berganmiz. Qani, qayerdan odamlar uçun çömiliş uçun qulaylik qilsak böladi? Buni öziga yaraşa qoidalari bor”, – deydi Muhiddin Xöjabekov.

Uning sözlariga köra, çömiliş havzalari Anhor va Kalkovuz kanallarining ayrim qismlarida tajriba tariqasida loyihalaştirilyapti.

Hokimlik vakili şahar içidan oqib ötuvçi kanallarda odamlarning çömilişi haqida gapirarkan, xavfsizlik bilan birga, sanitariya masalasi ham borligiga urğu berdi.

“Bözsuv suvini Toşkent viloyati aholisi iste’mol qiladi. Masalaning şu tomonini ham hisobga oliş kerak. Hozir hamma aytyapti: nima uçun çömiladigan joy qilinmaydi. Biz Bözsuv kanali suvining iste’molga yaroqliligini yöqotmasligimiz kerak. Bu yevro standartga ham javob beradigan suv hisoblanadi”, – deydi mas’ul.

Muhiddin Xöjabekovning aytişiça, Bözsuv kanalining Toşkent şahri hududidagi uzunligi 27,5 km ni taşkil etadi. Şundan 30 foiz qismi betonlaştirilgan, qolganida loyihalaş işlari ketyapti. Kanalning har bir kilometriga simlar tortilgan va har ikki kilometriga maxsus zinapoyalar örnatilgan. Işlab çiqilayotgan loyihalar tayyor bölgaç, jamoatçilikka oçiqlanadi, birontayam daraxt kesilmaydi, deydi u.

Kun.uz muxbirining navbatdagi savoli Börijar kanali yoqalarida kesilgan minglab daraxtlarning örni qanday qoplanişi haqida böldi. Uning sözlariga köra, bu hududda 9 mingta mevali va manzarali daraxtlar ekilişi kerak. Daraxtlarni ekiş 2026 yil boşiga möljal qilingan.

Muhiddin Xöjabekovning sözlariga köra, yaqin yillar içida Toşkent şahridan oqib ötuvçi kanallarni betonlaştiriş böyiça 100 kilometrlik dastur qilib olingan.

“Men özimning balansimda saqlovçi kanallar böyiça aytadigan bölsam, hozir Börijar kanalida işlar davom ettirilmoqda. Undan keyin Kalkovuz, Damaşi va Kiçik Kökça kanallarida betonlaştiriş işlari, daraxtlarni saqlab, xavfsizligi ta’minlangan holda amalga oşiriladi.

Bitta narsani töğri tuşuniş kerak. Bu suv ma’lum miqdorda toşli, loyli çökindi olib keladi. Toşkent şahri böyiça agar kanallar boşqarmasi özining faoliyatini saqlab turib, işlamaydigan bölsa, uzoği 2 yilda suvlar yurişi umuman imkonsiz böladi, toşqin köpayadi. Bizning boşqarmamiz şahar hududidagi kanallardan kuniga 180-200 tonnagaça loyli çökindilarni olib çiqib ketadi”, – deydi Muhiddin Xöjabekov.

Kun.uz muxbiri kanallar boşqarmasi vakilidan Börijar böyida joylaşgan yer uçastkalari egalariga qay tartibda va qançadan kompensatsiya tölangani haqida söradi. Lekin hokimlik vakili bu savolni javobsiz qoldirdi.

Şahzod Öroqboyev,
Kun.uz