Past foizda avtomaşina yetkazib berişni va’da qilib, fuqarolardan kelib tuşgan mablağlarni özlaştirib yuborgan şaxslar uşlandi, deb xabar beradi IIV matbuot kotibi.
Qayd etilişiça, bir guruh şaxslar past foizda (6-12 foiz) avtomaşina sotib oliş niyatidagi fuqarolarga istalgan turdagi avtomaşinani yetkazişi töğrisida ijtimoiy tarmoqlarda tarğibot olib borgan.
Ular Toshkent şahri va respublikaning turli nuqtalarida (Andijon, Namangan, Farğona, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Surxondaryo, Qaşqadaryo viloyatlari hamda Nukus şahrida) «Umid avto companies», «Umid Savdo Fayz Invest», «Umid Avto Lizing», «Umid Auto», «Group Of Companies Ual», «Umid Avto-Tashkent», «Orient Auto», «Umid Lizing Tashkent», «Orient Avto-Lizing», «Umid Auto Leasing», «Group Of Orient Auto», «Imkon Auto Xizmati», «Umid Avto Companies», «Busines Orientauto», «Umid Auto Xizmati», «Orient Auto Hamkor», «Imkon Avto Markaz», «Avtovariant», «Ava Orientauto», «Ava Umidavto», «Avto Ijara Xizmati», «Umid Auto Business Toshkent», «Orient Auto Leasing», «Orient Auto Toshkent», «Ilgor Lizing» va «Orient Finans Lizing» kabi MÇJlarni taşkil etib, mijozlar bilan dastlab bönak (avans) şartnomalarini tuzgan holda, 120 kun mobaynida avtomaşina yetkazilişini va’da qilib, şartnoma şartlarini bajarmasdan, fuqarolardan kelib tuşgan mablağlarni özlaştiriş bilan şuğullanib kelgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a,v» bandlari bilan qözğatilgan jinoyat işi doirasida 843 nafar fuqaro jabrlanuvçi deb topilgan bölib, umumiy 50,1 milliard söm zarar aniqlangan. Jamiyatlarga tegişli 339 dona transport vositalari xatlangan. Işga aloqador 9 nafar şaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.
Hozirda içki işlar vazirining örinbosari polkovnik Ramazon Aşropov boşçiligida tegişli mutaxassislar jalb etilgan holda Maxsus tezkor ştab tuzilgan. Ştab IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlaş departamenti binosida har kuni soat 09:00 dan 21:00 ga qadar iş olib bormoqda.
Suratdagi şaxslarning jinoiy faoliyatidan xabardor bölgan, şuningdek, yuqoridagi MÇJlarning noqonuniy faoliyatidan jabrlangan fuqarolar Tezkor ştabga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilişlari mumkin.
Eslatib ötamiz, yanvar oyida Kun.uz «Umid auto leasing»dan odamlar norozi ekani, firma bilan şartnoma tuzganlar pulini ham, maşinalarini ham ololmayotgani haqida suriştiruv e’lon qilgandi

















