Rossiya ta’lim vaziri ayrim MDH davlatlarining tarix darsliklarini özgartirmoqçi ekanini e’lon qildi. Kun.uz studiyasida bunga munosabat bildirgan siyosiy tahlilçilar ötmişda Rossiya tomonidan Turkiston ölkasida sodir etilgan qirğin, qatağon va boşqa jinoyatlarni xaspöşlab bölmasligi, aksinça, arxivlarni töliq oçiqlaş kerakligini aytdi.

Bektoş Berdiyev: Rossiya tomoni juda oşirib yubordi. Masalan, Çingizxonni qahramon deb baholayotganimiz yöq-ku. Bosqinçini bosqinçi deymiz-da, bu tarixiy fakt va bu narsalar darsliklarimizda körsatilgan. Undan taşqari, Qutayba ibn Muslimning Markaziy Osiyoga bostirib kirib kelgani ham fakt. Rus bosqini ham eng katta va qonli bosqinlardan biri hisoblanadi, biz uni nima deyişimiz kerak?

Bilasizmi, yoşi katta ba’zi vatandoşlarimizda ham “ruslar Markaziy Osiyoga madaniyat olib keldi” degan eskiça qaraşlar yöq emas. Rus millatiga yoki hozirgi Rossiya davlatiga heç qanaqangi duşmanona qaraşimiz yöq. Lekin, masalan, Skobelev kelib, ikkita rus askari öldirib qöyilgani uçun har biri uçun 11 mingtadan 22 mingta aholini qatliom qilganini biz qarsak çalib kutib olişimiz kerakmi? Kaufmanning işlarini-çi?

Qançadan qança odamlarning yostiğini quritgan Jizzax qözğoloni... Ayrimlar aytadigan “madaniyat” kirib kelişi uçun şunçalik köp odamlarimiz bilan tölov qildikmi? Ularning xotirasini yodga olmay, köz yumişimiz kerakmi? Bu yerda hissiyotga berilayotganimiz yöq, bor haqiqatni gapiryapmiz xolos.

Şuhrat Rasul: Bizga nimani tiqiştirmoqçi bölyapti? Göyoki Çor imperiyasi bizga “madaniyat yetkazuvçi” bölib keldi. Rus şovinist yozuvçisi Dostoyevskiy öz kundaliklarida: “Biz Osiyodagi mana bu yarim yovvoyilarga gospodin – hukmdor bölib keldik, Yevropada heç kim bizni bir tiyinga olmaydi, bu yerda biz yevropalikmiz, tsivilizatormiz”, deb yozgan.

Özimizda ham ba’zi yoşi uluğ insonlar “agar Rossiya kelmaganida, biz Afğonistonga öxşab qolardik” degan fikrlarni aytadi. Bu – öta puç argument. Afğonistonni 10 yil bombalab, örta asrlarga tiqib kelgan – bu Rossiyaning aynan özi. Rossiyaning qadami yetgan Janubiy Koreya qanaqa-yu, qadami yetgan Şimoliy Koreya qanaqa?

Qolaversa, janoblar bizdagi darsliklarni nega aynan hozir eslab qoldi? Özbekiston maktab ta’limida bugungi kunda ötilayotgan tarix darsliklari asosan 1994 yilda yozilgan, 1995 yildan beri öqitib kelinyapti. Oradan 30 yil ötib, ular “darsliklarida bizni bosqinçi deyapti” deb eslab qoldi. 30 yildan beri nima qilib yurgandinglar?