Nepalning Sagarmatha atrof-muhit qömitasi ma’lumotlariga köra, Everest toğ yonbağirlarini çiqindilardan tozalaş uçun dronlar faol qöllanmoqda. Airlift Technology kompaniyasining dronlari allaqaçon toğ yonbağirlaridan 280 kg dan ortiq çiqindilarni olib çiqib ketgan, deb xabar berdi Bloomberg.

Ilgari toğ tizmasini tozalaş vazifasi an’anaviy ravişda gid va yuk taşiş vazifasini bajaradigan mahalliy şerpa xalqi vakillariga yuklangan edi. Ular qor yoki muz bilan qoplangan xavfli marşrutlar böylab önlab kilogramm çiqindini qölda olib tuşgan, bu köpinça hayot uçun xavf tuğdirgan. Biroq joriy mavsumda mahalliy hokimiyat Xitoyning DJI dronlarini xarid qiliş orqali muammoga yondaşuvni tubdan özgartirdi. Ularning har biri ilgari bir neça kişi tomonidan kötarilgan yukni olib uçişga qodir.

Airlift xizmati provayderi toğlarda tozalovçi dronlardan foydalanişni kengaytirişni rejalaştirmoqda. Mahalliy sayyohlik kompaniyalari çiqindilarni yöq qiliş uskunalarini yetkazib beriş va işlatiş uçun pul tölaşga tayyor. Loyiha menejeri Milan Pandeyning aytişiça, kompaniya Nepal hukumati bilan faol hamkorlik qilmoqda va Himolay oraliğidagi turli balandliklarda yangi dron modellarini sinovdan ötkazmoqda. Yevropa va Amerika dron işlab çiqaruvçilari vakillari allaqaçon Everest uçun öz işlanmalarini taklif qilib, hamkorlikka qiziqiş bildirgan.

Everest toğidagi çiqindilar toğ turizmining eng dolzarb ekologik muammolaridan biridir. Çöqqi har yili yuzlab alpinistlarni öziga jalb qiladi va ularning har biri oziq-ovqat, kislorod baklari va boşqa jihozlarni olib keladi, ularning ba’zilari toğ yon bağirlariga taşlanadi. Yana bir muammo alpinistlarning jasadi qoldiqlari bölib, evakuatsiya qiliş qiyinligi tufayli taşlab ketiladi. Bu 8 ming km balandlikda nafaqt yuk kötariş, balki harakatlaniş juda oğir ekani bilan boğliq.

Taxminlarga köra, Everestda 50 tonnadan ortiq çiqindi töplanib qolgan. Ularning miqdori yiliga 3 tonnaga köpayib bormoqda.