Farğona şahrida yer ostidagi quvurdan gaz çiqib, uyning xonasiga töplanişi oqibatida portlaş sodir bölgan. Bir kişi kuyiş jarohatini olgan, uy yaroqsiz holga kelgan. 5 oydan beri omborxonada yaşaşga majbur bölayotgan uy egalariga köra, kadastr hujjatlari joyida bölişiga qaramay, aybdorlar zararni qoplaşni paysalga solyapti. Gaz idorasi esa aybni xonadon egalari zimmasiga yuklamoqda.

Voqea yanvar oyi oxirida Farğona şahri Said Ahmad köçasi 39-uyda röy bergan. Kun.uz'ga murojaat qilgan xonadon sohibasi Nazokat Şerboboyeva “Farğonaşahargaz” gaz ta’minoti bölimidan norozi.

“2025 yil 31 yanvarda soat 22:30 lar çamasida uyimiz bomba portlagandek portladi. Tomlar qulab, uylar yondi, bor-budimizdan ayrildik.

Nazokat Şerboboyeva

Köçadan davlatning katta gaz quvuri ötgan ekan. Çirib ketgan teşiklardan gaz sizib çiqib, portlaş bölgan-da. Jami 10 ta xonamiz yaroqsiz holatga keldi. Qölimizda kadastr hujjati bor, hammasi qonuniy. Uyimiz ostidan gaz quvuri ötganini bilmaganmiz. Uyni qurmasdan avval kadastr qilib, keyin quriliş işlarini boşlagan edik.

Portlaşdan keyin unisi keladi, hujjatga qaraydi, ha yaxşi ekan, töğri ekan, deb ketadi. Bunisi keladi... Kadastrdan kelib tekşirişdi, körişdi. Avvaliga uylaringga tortilgan tabiiy gaz portlagan deb, aybni bizga ağdarmoqçi bölişdi. Köçadagi “kolodets” qopqoği oçilgandan keyin, hammasi ayon böldi. Gaz öşa yerdan sizib çiqib, uyimizga töplangan ekan.

Yerosti gaz tarmoği ötgan bölsa, quvurlar tarmoği soz yoki nosozligi tegişli taşkilotlar tomonidan tekşirib turilmaydimi? Haliyam qörquvda yaşayapmiz, xuddi bomba ustida ötirgandek. Gaz idorasi boşliği esa yerosti gaz quvurlarini nazorat qiladigan xodimlar yöqligini aytdi.

Omborxonada ikki öğlim, olti nevaram, kelinlarim, turmuş örtoğim bilan yaşaşga majbur bölyapmiz. Bu portlagan uylarni tiklaşga mablağimiz yöq. Mablağ bölganda edi, şu paytgaça heç kimga qaramas edik. Holatdan prokuratura ham xabardor.