Hamas taşkiloti AQŞ vositaçiligida ilgari surilgan Ğazo böyiça sulh taklifiga «ijobiy ruhda» javob bergani, garovdagilarni ozod qiliş hamda mojaroni tugatiş böyiça muzokaralarni öz içiga olgan uşbu kelişuvni amalga oşiriş yuzasidan muzokaralarga kirişişga tayyor ekanini bildirdi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp bundan oldin Isroil va Hamas örtasida qariyb 21 oydan beri davom etayotgan uruşda 60 kunlik öt oçişni töxtatiş böyiça «yakuniy taklif»ni e’lon qilgan va tomonlardan yaqin vaqtlarda kutayotganini bildirgandi.
«Hamas harakati Ğazodagi xalqimizga qarşi tajovuzni töxtatiş böyiça vositaçilarning sönggi taklifiga doir içki maslahatlaşuvlarni, şuningdek, falastinlik fraksiyalar va kuçlar bilan muzokaralarni yakunladi.
Harakat öz javobini birodarlik vositaçilariga taqdim etdi, bu javob ijobiy ruh bilan tavsiflanadi. Hamas harakati töliq jiddiyat bilan, uşbu rejani amalga oşiriş mexanizmi yuzasidan yangi muzokaralar bosqiçiga zudlik bilan kirişga töliq tayyor», — deyiladi Reuters naşri tarqatgan harakatning bayonotida.
Biroq Hamasga yaqin şaxslardan biri hali ham duç kelayotgan ehtimoliy qiyinçiliklar: insonparvarlik yordami, Misrga ötuvçi Rafah çegara punkti orqali harakatlaniş va Isroil qöşinlarining çiqib ketiş jadvali borasidagi aniq tafsilotlarga doir xavotirlar hanuz mavjudligini bildirdi.
New York Times'ning yozişiça, Hamas uşbu taklifga qanday sezilarli özgartirişlar kiritişni talab qilayotgani yoki bu farqlar osongina bartaraf etiladimi yoki yangi tösiqlarga olib keladimi — hozirça noma’lum. Ilgari ham tomonlar şunday bitimlarga yaqinlaşgan, biroq tafsilotlar böyiça kelişmovçiliklar sabab oxirgi daqiqada ular barbod bölgan edi.
Sulhda qanday takliflar bor?
Yangi taklif bilan taniş bölgan manbalarning aytişiça, u 60 kunlik sulh davomida 10 tirik garovdagi şaxsni va 18 nafar halok bölganlarning jasadini topşirişni, buning evaziga ma’lum miqdordagi falastinlik mahbuslarni ozod qilişni nazarda tutadi.
- Bu ozod etişlar beş bosqiçda amalga oşiriladi va Hamas ötgan sulh davridagidek televizion uzatmalar orqali topşiruv marosimlari ötkazmasligi şart qilib qöyilgan. Bunday marosimlar isroilliklarni ğazablantirgan, ular bu holatni tahqir deb qabul qilgan. Yangi rejada, şuningdek, AQŞ va arab vositaçilari — Qatar va Misr, sulh davrida uruşga barham beriş böyiça jiddiy muzokaralar ötkazilişini ta’minlaşi kerakligi ham körsatilgan.


















