"Jasorat maktablari" bolalarni yoşlik çoğidanoq vatanga çeksiz sadoqat ruhida tarbiyalaş, ularni jismonan soğlom va ma’naviy jihatdan yetuk şaxslar sifatida voyaga yetkaziş maqsadida respublikaning har bir tuman (şahar)ida bittadan umumta’lim örta maktabi bazasida taşkil etiladi.
Jasorat sinflariga öquvçilarni qabul qiliş (bitta sinfga 26 nafar öquvçi) 5-sinfdan boşlab imtihon natijalari böyiça amalga oşiriladi. Sinovlar orasida matematika va ona tili böyiça testlar, şuningdek jismoniy tayyorgarlikni tekşiriş ham bor.
Jasorat sinflariga Özbekiston fuqarolari qabul qilinadi.
Jasorat sinflarida umumiy örta ta’lim fanlari soatlarini maqbullaştiriş hisobiga matematika, fizika, tarix, çet tili va çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fanlari çuqurlaştirilgan holda ötiladi.
Jasorat sinflarida ta’lim 5-11-sinflarda amalga oşiriladi. Ta’lim özbek, qoraqalpoq yoki rus tillarida olib boriladi.
















