«Jasorat maktablari»ga öquvçilarni qabul qiliş va öquv-tarbiyaviy jarayonni taşkil etiş tartibi töğrisida»gi nizom Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.

Nizom «Jasorat maktablari»ga (Jasorat sinflari) öquvçilarni qabul qiliş va öquv-tarbiyaviy jarayonni taşkil etiş tartibini belgilaydi.

Jasorat sinflariga öquvçilar belgilangan yillik qabul kvotasi, ya’ni bitta sinfga 26 nafar öquvçidan iborat tarzda 5-sinfdan boşlab qabul qilinadi.

Jasorat sinflarida öqiş muddati 7 yilni taşkil qiladi.

Jasorat sinflariga kiriş uçun jismoniy tayyorgarlik hamda tegişli fanlar yönalişi böyiça test sinovlari iyul oyida ötkaziladi.

Jasorat sinflarining 9-sinfini yakunlagan öquvçilarga tayanç örta ta’lim töğrisidagi şahodatnoma, 11-sinfini tamomlagan öquvçilarga umumiy örta ta’lim töğrisidagi şahodatnoma beriladi.

«Jasorat sinflari»da ta’lim jarayonlari quyidagiça olib boriladi:

- ta’lim jarayonlari 5-11- sinflarda kunduzgi ta’lim şaklida, umumiy örta ta’lim muassasalari uçun belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq amalga oşiriladi;

- matematika, ÇQBT, tarix, jismoniy tarbiya, çet tili, fizika fanlari çuqurlaştirilgan holda öqitiladi;

- öquv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har çorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy maşğulotlar olib boriladi;

- 9-sinfni yakunlagan öquvçilarga tayanç örta ta’lim töğrisidagi şahodatnoma, 11-sinfni tamomlagan öquvçilarga umumiy örta ta’lim töğrisida şahodatnoma beriladi.

«Jasorat maktablari»ni a’lo baholar bilan tamomlagan hamda «Vatan tayançi» otryadining a’zosi bölgan bir nafar öquvçiga Mudofaa vazirligi tomonidan oliy harbiy va harbiylaştirilgan hamda yuridik ta’lim muassasalariga öqişga kiriş uçun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.