Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab böldi
|00:24 / 06.07.202516 55010 min
Dala çetlariga ekin ekmagan fermerlarni jarimaga tortiş va butun yer maydoniga yer soliğini 3 karra oşiriş közda tutilmoqda. Tegişli qonunni ÖzLiDeP va “Milliy tiklaniş” partiyalari qöllab-quvvatlagan bölsa, XDP va “Adolat” deputatlari keskin qarşi çiqdi. Jamoatçilik faoliga köra, konditsionerli kabinetida ötirib qonun çiqarayotganlar – yoz çillasida dalada işlab yurgan fermerlarni eşitib ötirmayapti.
Foto: Oliy Majlis Qonunçilik palatasi matbuot xizmatiFoto: Oliy Majlis Qonunçilik palatasi matbuot xizmati
1 iyul kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisida böş qolgan yer maydonlari uçun fermerlarga javobgarlikni kuçaytirişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi muhokama qilindi. Ayrim deputatlar ğoyani qöllab-quvvatladi, boşqalari esa qonunçilikka kiritilayotgan yangi özgarişlar fermerlarni qiyin moliyaviy holatga solib qöyişi mumkinligini ta’kidlaşdi.
Qonun loyihasida nimalar közda tutilgan?
Qişloq xöjaligi vazirining örinbosari Qahramon Yöldoşevga köra, qonun loyihasi prezidentning 2024 yil 30 dekabrdagi “Qişloq xöjaligi maydonlarida qöşimça imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetiştiriş hajmini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida işlab çiqilgan.
Vazir örinbosarining sözlariga köra, bugungi kunda 30 ming gektardan ortiq maydonda yil davomida dala çetlariga ekin ekilmay, mahsulot yetiştirilmaydi. Bu aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaşga ham, bozorlardagi narx-navoga ham salbiy ta’sir körsatyapti.
Qahramon Yöldoşev
Şu sababli Soliq kodeksi va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartirişlar kiritiş, xususan, Ösimliklar karantini va himoyasi agentligini dala çetlari, kanallar, suğoriş va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarda tegişli qişloq xöjaligi ekinlarini ekiş yoki mahsulot yetiştiriş hisobini yuritiş va nazorat qiliş böyiça vakolatli organ etib belgilaş taklif etilyapti.
Qonun loyihasiga köra, har yili 1 aprelga qadar bunday hududlarda ekin ekiş yoki mahsulot yetiştiriş ta’minlanmasa, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarga özlariga tegişli barça qişloq xöjaligi yerlari uçun yer soliğini 3 baravar miqdorda hisoblaş nazarda tutilyapti.
Şuningdek, qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalaridan foydalanuvçilar, ijaraçilar va ikkilamçi ijaraçilar ekin maydonlari çetlariga, kanallar, suğoriş va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarga ekin ekiş va mahsulot yetiştiriş majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, ularga bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravaridan 7 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa 7 baravaridan 10 baravarigaça jarima
Mavzuga oid
solinişi mumkin.
Vazir örinbosari Qahramon Yöldoşev bunday qat’iy çoralar kiritilayotganini “odamlarning dasturxonini tökin-soçin qiliş” va “har bir qariç yerdan maksimal samarali foydalaniş” maqsadi bilan izohladi.
“Bu qonun fermerlarni bankrotlikka olib keladi”
Uluğbek Inoyatov
Xalq demokratik partiyasi yetakçisi Uluğbek Inoyatov qonun loyihasini tanqid qildi. Uning ta’kidlaşiça, loyihani tayyorlaşda vaziyatga bir tomonlama yondaşilgan.
XDP raisi hujjat mohiyati faqat talab va jazolarni belgilaşdan iborat ekaniga urğu berib, yerlardan birlamçi va ikkilamçi foydalanuvçilarning manfaatlarini hisobga oladigan aniq mexanizmlar oçib berilmaganini keltirib ötdi.
“Fermerning 100 gektar yer maydoni bölib, şundan 2 gektari dala çetlari hisoblansa va qandaydir sabablarga köra bu maydonning bir gektaridan foydalanilmasa, 100 gektar yer maydoni böyiça jarima va uç barobar yer soliği qöllanadi”, dedi Uluğbek Inoyatov.
XDP yetakçisi bunday yondaşuvni ilgari surişdan oldin yerlarning qança qismi dala çetlariga tegişli ekanini aniq belgilaş, fermerlarni qöllab-quvvatlaydigan va yerdan samarali foydalanişga undaydigan normalarni ham kiritiş kerakligini aytdi.
Manzura Salimova
“Adolat” partiyasi deputati Manzura Salimova qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilariga nisbatan birdaniga uçta ta’sir çorasi nazarda tutilayotganiga e’tibor qaratib, bu xalqaro huquq normalariga zid ekanini ta’kidladi.
“Birinçi çora – yer soliğini uç baravar miqdorda hisoblaş, ikkinçisi – bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravarigaça jarima, uçinçisi – qişloq xöjaligi uçun kredit resurslari hisobidan moliyalaştirişni töxtatiş”, dedi deputat.
Salimovaning sözlariga köra, bu qonun qabul qilinişi fermerlarni oğir ahvolga solib qöyişi va hatto bankrotlikka olib kelişi mumkin.
Zuhriddin Mavlonov
“Adolat” partiyasining boşqa bir deputati Zuhriddin Mavlonovga köra, yangi qonun amalda majburiyat sifatida belgilanmagan narsa uçun javobgarlikni joriy etişi mumkin.
Deputat Yer kodeksining 40-moddasida ekin ekiş majburiyati faqat kanallar va drenaj tarmoqlari atrofidagi yerlarga nisbatan belgilangani, dala çetlari uçun ham, mahsulot işlab çiqariş uçun ham alohida javobgarlik yöqligini eslatib ötdi.
“Mavjud bölmagan majburiyat uçun bir neça turdagi javobgarlikning joriy etilişi sud nizolarining köpayişiga va adolatsiz javobgarlikka olib kelişi mumkin”, dedi Mavlonov.
Gulnora Abduvohidova
“Adolat” partiyasidan boşqa bir deputat Gulnora Abduvohidova ham öz sözida masalaning huquqiy jihatiga töxtaldi. U prezidentning amaldagi farmoni bilan tadbirkorlar uçun javobgarlik va majburiyatlarning yangi şakllariga moratoriy joriy etilganini eslatdi.
Bu farmonga asosan, 2023 yil 1 iyuldan boşlab tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo çoralarini joriy etişga uç yillik moratoriy örnatilgan.
Bundan taşqari, boşqa bir farmon asosida, 2025 yil 1 iyuldan 2028 yil 1 yanvarga qadar kiçik va örta biznes sub’yektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilişini nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilişga moratoriy e’lon qilingan.
“Bu qonun fermerlarga imkoniyat beradi”
Alişer Qodirov
Bir guruh deputatlar qonun loyihasini qöllab-quvvatlaşdi. Jumladan, “Milliy tiklaniş” partiyasi yetakçisi Alişer Qodirovga köra, “har bir qariç yerdan maksimal samarali foydalaniş” uçun ham yangi tartibni amaliyotga kiritiş kerak.
Uning sözlariga köra, loyiha taşabbuskorlari zarur infratuzilma şaroitlari yaratilmagan fermerlarga ortiqça talab qöyilmasligi böyiça deputatlarga kafolat bergan.
“Maxsus komissiya fermerlarga barça şaroitlarni yaratib bersa va bir qariç yer ham hosilsiz qolmasligi uçun çoralar körilsa, biz bu taşabbusni qöllab-quvvatlaşimiz kerak. Çunki oziq-ovqat xavfsizligi xalqimiz xavfsizligi demakdir”, – dedi Qodirov.
Aktam Hayitov
ÖzLiDeP yetakçisi Aktam Hayitov ham hujjatni qöllab-quvvatladi. U yangi qonun fermerlarga “imkoniyat berişi” va ularni harakatga undaşini ta’kidladi.
“Joylarda işçi guruhlar tuzilgan. Har bir holat sinçkovlik bilan örganiladi va baholanadi. Bu kör-körona qilinmaydi. Tuman işçi guruhi rahbari – tuman hokimi, uning örinbosari, tuman prokurori. Şuningdek, uning tarkibiga içki işlar bölimi boşliği, Soliq qömitasi, agrar soha va suv xöjaligi, fermerlar kengaşi, karantin inspeksiyasi, mahalla uyuşmasi vakillari kiradi. Şunday keng tarkib ekiş masalalarida yordam beradi”, – dedi Hayitov.
Parlamentdagi birinçi öqişda 89 nafar deputat bu bahsli qonunni yoqlab ovoz berdi. 22 deputat qarşi çiqdi, 6 nafari betaraf qoldi, 11 nafari ovoz bermadi.
“Yangi majburiyat va yuklamalar – fermerlar uçun umumiy vaziyatning yomonlaşuvi fonida yuz beryapti”
Davletovuz kanali muallifi jurnalist Qobil Xidirov qonun loyihasiga fermerlar, qişloq xöjaligi vakillarining keskin e’tirozlarini tizimlaştirib, bu taşabbus nega xato ekani haqida yozdi.
“Birinçidan, yozning çillasida fermer dalasida sarğayib yurganida, ölganning ustiga tepgan qilib, salqin konditsionerli xonasida ötirgan qonun taşabbuskorlari, deputatlar yana fermerlar iştirokisiz, ularning fikr-mulohazalarini inobatga olmasdan qaror qabul qilişmoqda. Mavridini qarang. Fermerlar, dehqonlar allaqaçon qaror qabul qiliş jarayoni iştirokçisi emas, ularning professional uyuşmalari esa allaqaçon vazirlik va hukumat çiziğidan çiqmaydigan tişsiz taşkilotga aylanib qolgan. Eng açinarlisi, bunday taşabbuslar aynan şunday taşkilotlar orqali ilgari surilmoqda.
Ikkinçidan, yangi majburiyat va yuklamalar fermerlar uçun umumiy vaziyatning yomonlaşuvi fonida yuz bermoqda: oxirgi ikki yilda paxta va ğalla narxlarining hukumat tomonidan manipulyatsiya qilingani oqibatida fermerlarda rağbat, daromad kamaydi, işonçsizlik ortdi, xodim yollaş imkoniyati pasaydi. Juda köpçilik qarzi ortganini aytgan.
Uçinçidan, har törtta kommentning bittasi suv yöqligi yoki tanqisligi haqida bölmoqda. Ekologik muammo çuqurlaşib borayotgani rost, lekin suv taqsimotida ham adolatning közi yana kör bölib qolyapti. Dala çeti tugul, asosiy dalaga suv muammo bölyapti, deb yozğirmoqda fermerlar.
Yana bir masala. Dala çetiga ekin ekişning ilmiy asosi bormi? Yoki şunçaki özidan töşovi qimmat tadbirmi? Ayrim izohlarda dala çeti deya fermer asosiy yeridan joy ajratilib, közböyamaçilik qilinayotgani ham aytilgan. Bu esa aksinça paxtaga işlov beriş, agrotexnika tadbirlarini amalga oşirişni qiyinlaştirmoqda, qaytaga zarar keltiryapti.
Oqibat haqida. Jazo çoralarini qöllaş yana inson omilini yuzaga keltiradi, ya’ni jarima bayonnomasini şartli Toşmat rasmiylaştiradi, inson omili esa doimo korrupsiyaning öçoği bölib kelgan. Balki kerak emasdir.
Şunday ekan, “bizniki töğri, biz fermerdan köra köproq narsa bilamiz” demasdan, balki fermer va dehqonlar oldidan bir ötilsa, ularni ham eşitib bunday işlarga qöl urilsa, heç bölmasa davlat institutlariga nisbatan borgan sari pasayib borayotgan işonçga yana darz yetkazilmagan bölar edi”, deya ta’kidladi Qobil Xidirov.
Eslatib ötamiz, aprel oyida imzolangan qonunga asosan, qonun loyihalari parlamentga kiritilayotganda loyihaning huquqiy ekspertizasi, korrupsiyaga qarşi ekspertizasi va loyiha böyiça ötkazilgan jamoatçilik muhokamasi natijalari ham taqdim etilişi kerakligi belgilangan edi.