1 iyul kuni Ozarboyjonning «Azerenerji» OAJ, «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va Qozoğistonning «KEGOS» AJ vakillari Bokuda faoliyat yuritadigan «Green Corridor Alliance» MÇJ qöşma korxonasini ta’sis etiş va uning ustavini tasdiqlaş töğrisidagi bitimni imzoladi.

«Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ xabariga köra, loyihaning amalga oşirilişi mamlakatlar uçun energetik xavfsizlikni ta’minlaş, barqaror rivojlaniş maqsadlar va Yevropaga «yaşil energiya» eksportini amalga oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eslatib ötamiz, 2024 yil 13 noyabr kuni Ozarboyjonning Boku şahrida bölib ötgan COP-29 xalqaro iqlim sammiti doirasida Özbekiston, Qozoğiston va Ozarboyjon prezidentlari örtasida «yaşil energiya»ni rivojlantiriş va uzatiş sohasida strategik şeriklik töğrisidagi bitim imzolangan edi. 2030 yildan boşlab, Özbekistonda işlab çiqarilgan ortiqça «yaşil» elektr energiyani Qozoğiston va Ozarboyjon orqali Yevropaga eksport qiliş rejalaştirilmoqda.