O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Olim Abdullayev Shvetsiya migratsiya vaziri Yoxan Forssell bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, vazir Yoxan Forssell O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi va ikki tomonlama munosabatlardagi ijobiy dinamika qayd etdi.
Uchrashuv davomida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik, mobillik va readmissiyaga oid hukumatlararo bitim tuzish, vizani soddalashtirish tartiblari va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish masalalari xususida atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.







