Tailand hukumati puşti temiratki epidemiyasi yuzaga kelişi mumkinligidan ogohlantirdi. Gap ayniqsa, yomğirlar mavsumida faol tarqaladigan teri kasalligi haqida ketmoqda.

Mamlakat Soğliqni saqlaş departamenti rasmiy tavsiya e’lon qilib, turistlarni öz terisi holatini yaxşilab kuzatişga çaqirdi.

Qayd etilişiça, uşbu kasallik köpinça bolalar va yoşlarda kuzatiladi — bu tanada «ona» deb ataladigan katta doğning paydo bölişi bilan boşlanadi, undan keyin kiçikroq oval yoki yumaloq toşmalari paydo böladi. Ular puşti, losossimon yoki oç jigarrang rangga ega bölişi mumkin.

Tibbiyot xodimlarining ta’kidlaşiça, puşti temiratki homilador ayollar uçun xavfli hisoblanadi, çunki u bola tuşişiga olib kelişi mumkin. Teridagi doğlardan taşqari ayrim bemorlarda boş oğriği, isitma, muşak va böğinlarda oğriq kuzatiladi.

«Agar soğliğingiz yomonlaşsa, tana harorati kötarilsa, yötal, burun oqişi, tomoq oğriği, toşma, boş oğriği yoki iç ketişi kabi belgilar paydo bölsa — ayniqsa, kurort mamlakatlardan qaytgaç, darhol tibbiy yordamga murojaat qiliş zarur», - deyiladi xabarda.