Muloqot davomida Qaşqadaryo viloyatida "halol" oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş loyihasini amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Malayziya tomoni mamlakatda "halol" standartlari asosida göşt mahsulotlarini qayta işlaş loyihasini amalga oşiriş maqsadida CB Synergy, Perak Halal Corporation Sdn Bhd va PK-Agro Industrial Producs Sdn Bhd. kompaniyalari iştirokida konsorsium tuziş böyiça kelişuv işlab çiqilayotganini ma’lum qildi.

Perak Halal Corporation kompaniyasi tomonidan taşkil etilayotgan mazkur qöşma korxona Qaşqadaryo viloyatida keng qamrovli "halol" sanoatini rivojlantiriş, maxsus treninglar taşkil etiş orqali sohada bilim va texnologiyalarni örgatiş, Özbekistonni mintaqaviy "halol" markaziga aylantiriş va unga sarmoya kiritişga tayyorligini bildirdi.

Abdul Aziz Abdul Rahim konsorsium Qaşqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda davlat-xususiy şerikçilik asosida viloyatda "halol" sanoatini rivojlantiriş va ekotizimini yaratiş böyiça kelişuv imzolaşini ma’lum qildi.

Xorij tomoni Özbekiston va Malayziya Hukumatlari örtasida "halol" sohasida hamkorlik töğrisidagi anglaşuv memorandumi imzolanganiga yuqori baho berib, Malayziya Islom taraqqiyoti departamentining "Halol" sertifikatlarini Özbekistonning özida berilişini taşkil etişda öz hissasini qöşiş niyatini bildirdi.

Uçraşuv yakunida Malayziya kompaniyalari vakillarining mamlakatga missiyasini taşkil etişga kelişildi.