2025 yil 1 iyul holatiga, Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari 48,55 mlrd dollarni taşkil qildi. Zaxiralar qiymati ötgan oyga nisbatan 1,15 mlrd dollar yoki 2,2 foizga kamaygan. Bu haqdagi ma’lumotni Markaziy bank taqdim etdi.

Iyun oyi davomida zaxiralarning valuta qismi 1,9 mlrd dollarga, 9,6 mlrd dollargaça qisqargan bölsa, oltin qismi 0,8 mlrd dollarga, 38,4 mlrd dollargaça köpaygan.

Zaxiralar tarkibida oltinning fizik hajmi 11,7 troya unsiyani taşkil qilib, ötgan oyga nisbatan 290 ming unsiyaga oşgan.

Jahon bozorida oltin narxlarining oşib borişi fonida ötgan yilning dekabr oyidan beri Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari faqat oşib kelayotgandi. 1 iyun holatiga qayd etilgan 49 mlrd 665 mln dollarlik zaxiralar – mamlakat uçun tarixiy rekord bölgandi.

Goldprice ma’lumotlariga köra, iyun oyi yakunlari böyiça 1 unsiya oltin narxi 3264 dollarni taşkil etib, 9,5 dollarga yoki 0,2 foizga arzonlagan. 8 iyul holatiga, 1 unsiya oltin narxi 3323 dollarni taşkil qilmoqda.

Duşanba kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp 14 ta mamlakat rahbariga yuqori tarif stavkalari bilan tahdid qilgan bayonotlarni e’lon qilgandi. Lekin u 9 iyuldan 1 avgustga qadar bu tariflarni, şuningdek, köpçilik savdo hamkorlari uçun keng özaro tariflarni amalga oşirişni keçiktiriş töğrisidagi farmonni imzolaganida, bozorning xavotirlari biroz yumşadi.