AOKAda ötkazilgan brifingda Agrosanoatni rivojlantiriş agentligi joriy yilning ötgan davrida Özbekistonning meva eksport yönalişida erişilgan natijalar töğrisida ma’lumot berdi.

Har yili respublikada 3,4 mln tonna meva va 1,9 mln tonna uzum yetiştiriladi, 2024 yilda 2,3 mlrd dollarlik meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari (şundan, 1,5 mlrd dollarlik meva-sabzavot) eksport qilindi.

Joriy yil yanvar-iyun oylarida meva eksportyorlari tomonidan jami eksport qilingan meva eksportining 11 foizi 96,8 mln dollarlik gilos (42,1 ming tonna), 3,6 foizi 6,7 mln dollarlik olma (13,3 ming tonna), 3,9 foizi 10 mln dollarlik olxöri (14,6 ming tonna), 15 foizi 41 mln dollarlik örik (54,1 ming tonna) taşkil etadi.

2025 yilda jami bölib, 10 ta agrologistika markazi işga tuşirilişi belgilangan bölib, bugungi kunda 4 tasi foydalanişga topşirildi. Jumladan, Surxondaryo, Navoiy Samarqand va Farğona viloyatlarida 1 ta dan agrologistika markazlari işga tuşirildi.