Seul sudi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yolni ikkinçi marta hibsga oliş böyiça qaror çiqardi, deb yozadi Yonhap agentligi.

Ötgan yili harbiy holat joriy etilişiga oid işni tergov qilayotgan Janubiy Koreya maxsus prokuraturasi 6 iyul kuni Yun Sok Yolni hibsga oliş uçun order söragandi. Maxsus prokuror beşta muhim ayblov böyiça order berilişiga erişgan. Ular orasida sobiq prezident tomonidan harbiy holat joriy etilişidan oldin Vazirlar Mahkamasi a’zolarining huquqlarini buziş holati ham bor. Şuningdek, u hujjatlarni soxtalaştiriş va harbiy holat böyiça yolğon ma’lumotlarni tarqatişda ham ayblanmoqda. Himoya tomoni ayblovlarni rad etgan.

Sudya order sörovini qanoatlantirişga qaror qildi. U öz qarorini sobiq prezident işga oid dalillarni yöq qilişi mumkinligi bilan izohladi. Yun Sok Yol Seuldagi qamoqxonaga joylaştirilgan bölib, u sudning navbatdagi qarorini kutadi.

2024 yil dekabrida Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy etdi, natijada unga nisbatan impiçment e’lon qilindi. Sobiq prezident isyon taşkillaştirişda ayblandi va yanvar oyida hibsga yuborildi. Mart oyida Seul sudi Yun Sok Yolni hibsdan ozod etdi, ammo isyon işi hali ham körib çiqilmoqda.