Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda
1 avgustdan yetti davlat, jumladan Moldova uchun importga 20-30 foizlik bojlar joriy etiladi. Braziliya uchun – 50 foiz, chunki Tramp sobiq prezident Bolsonaruning jinoiy javobgarlikka tortilishidan norozi.
9 iyul, chorshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp sakkiz davlat hukumatini tovarlarini AQShga olib kirishga yangi bojlar joriy etilishi haqida xabardor qildi. U TruthSocial ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Moldova, Filippin, Bruney, Jazoir, Liviya, Iroq va Shri-Lankaga yo‘llangan deyarli bir xil xatlarni chop etdi.
Ushbu hujjatlarga ko‘ra, Jazoir, Liviya, Shri-Lanka va Iroqqa 30 foiz, Moldova va Bruneyga 25 foiz, Filippinga 20 foiz import bojlari kiritiladi. Yangi tariflar 1 avgustdan kuchga kiradi.
Bundan tashqari, Donald Tramp Braziliyadan import qilinadigan mahsulotlarga 50 foizlik boj joriy etilishini e’lon qildi. U bu qarorga sabab sifatida sobiq prezident Jair Bolsonaruning jinoiy javobgarlikka tortilishi va Braziliyadagi Amerika platformalarining «senzurasi»ni keltirdi. Braziliyaning amaldagi prezidenti Lula da Silvaga murojaatida Tramp Bolsonaruga qarshi sud jarayonini «zudlik bilan yakunlanishi kerak bo‘lgan jodugar ovi» deb atadi.
Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanib, tergov qilinmoqda. U Lula da Silvaga saylovda mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, Jair Bolsonaru tarafdorlari 2023 yil 1 yanvar kuni Kongress va Oliy sud binolariga, shuningdek, prezident qarorgohiga bostirib kirdi. Braziliyadagi tartibsizliklar 2021 yil 6 yanvarda Trampning saylovdagi mag‘lubiyatidan so‘ng tarafdorlari tomonidan Kapitoliy binosiga bostirib kirilishini eslatadi.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026
Eron yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilganini e’lon qildi
13:35 / 18.06.2026