Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurliklar uchun O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslar tashkil etiladi
Singapurning yetakchi turoperatorlaridan biri – Chan Brothers Travel kompaniyasi joriy yilning dekabr oyida Singapurdan O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter parvozlar yordamida mamlakatga yuzlab turistlarni olib kelishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonga to‘qqiz kunlik tur doirasida Singapur va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi boshqa mamlakatlardan kelgan sayyohlar Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi ko‘hna shaharlarga tashrif buyurib, diyorimiz tarixi va madaniyati, go‘zal tabiati va betakror me’moriy yodgorliklari, shuningdek, xalq urf-odatlari, milliy taomlari bilan tanishadi.
Charter parvozlarni targ‘ibot qilish maqsadida Chan Brothers Travel O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus marketing kampaniyasini yo‘lga qo‘yish, Singapurda o‘tkaziladigan turistik ko‘rgazmalarda O‘zbekiston turizm salohiyatiga bag‘ishlangan tadbirlarni uyushtirish, Singapurning xitoy va malay tillardagi ommabop radiostansiyalarning mashhur boshlovchilarini sayohatchilar bilan birga O‘zbekistonga yuborishni rejalashtirmoqda.
Mazkur tashabbus Singapurdan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qiladi va ikki davlat o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.
Mavzuga oid
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026