Isroil 16 iyul kuni Suriya poytaxti Damaşq markazidagi mudofaa vazirligi binosi va prezident saroyi yaqiniga bir neça marta aviazarbalar uyuştirdi. Bu Suriya janubi-ğarbidagi Suvaydo şahrida hukumat kuçlari va druz jangarilari örtasida keçayotgan töqnaşuvlar fonida yuz berdi.

Foto: Reuters

Isroil mudofaa vaziri Israel Kats çorşanba kuni Suriyaga zarba berilganini tasdiqlab, druzlarni himoya qilişda sodiq qolişini bildirdi. Şundan söng Suriyada druzlar yetakçisi hukumat kuçlari bilan sulhga erişilganini ta’kidladi. Şunga qaramay, Suriyadagi vaziyat beqaror bölib qolmoqda.

Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad aş-Şar’a payşanba tongida bergan bayonotida druzlarga murojaat qilib, ularning huquqlarini himoya qiliş «ustuvor vazifa» ekanini ta’kidladi. Bu bayonot Isroil janubiy Suriyada druzlarga hujum qilayotgan Suriya hukumat kuçlarini yöq qilişga va’da berganidan söng yangradi.

«Isroil davlati sobiq tuzum qulaganidan buyon har doim Suriyani beqarorlaştiriş va oraga nifoq solişga intilib keladi. Bugun yana muqaddas yurtimizni tugamaydigan betartiblik maydoniga aylantirmoqçi.

Kuçli böliş hali ğalabani kafolatlamaydi. Bitta sohadagi muvaffaqiyat boşqa sohalarda ham yutuq beradi degani emas. Siz uruş boşlab yuborişingiz mumkin, ammo uning oqibatlarini boşqariş oson emas. Biz – uşbu yer farzandlari – Isroil rejimining bizni ajratiş urinişlariga qarşi turişda boşqalardan köra köproq qodirmiz», degan aş-Şar’a.

Foto: Reuters

Suriya yetakçisi, şuningdek, druzlarga ham murojaat qildi