Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qishni “perevod” qilish uchun pul to‘lanadimi?
Davlat OTMdan boshqa davlat ta’lim muassasasiga o‘qishni ko‘chirish uchun to‘lov talab qilinmaydi. Biror xususiy yoki xorijiy oliygohdan davlatnikiga o‘tish uchun test topshirilishi va BHMning yarmi, 187,5 ming so‘m BMBAga to‘lanishi belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yilda qabul qilgan 393-sonli qarorida OTMga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi belgilangan.
Unga ko‘ra, talaba O‘zbekistondagi nodavlat yoki xorijiy OTM filialidan davlat oliygohiga mos yoki turdosh yo‘nalish bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan taqdirda, ushbu ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan maxsus sinov (test) topshiradi va uning natijasiga ko‘ra o‘qishini ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Bu jarayonda testda ishtirok qilinishi sabab Bilimlarni baholash agentligiga o‘zining rasmiy sayti orqali BHMning yarmi, 187 500 so‘m miqdorida to‘lov qilinadi. Agentlik vakillariga ko‘ra, ayni to‘lov summasi Davlat komissiyasining XDFU ko‘rinishida chiquvchi bayonida qayd etilgan. Agar o‘tish ballini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirish mumkin.
Agar talaba o‘qishini davlat universitetining turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tsa, ushbu ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoridagi bir martalik to‘lovni amalga oshirishi kerak bo‘ladi.
Davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish uchun esa hech qanday to‘lovlar qilinmaydi. Buni transfer.edu.uz sayti orqali amalga oshirish mumkin.
Faqat ikkita vaziyatda o‘qishni ko‘chirish uchun talabalarga ruxsat etiladi:
• Talaba oila qurgan bo‘lsa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chishni xohlasa;
• Davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirish istagi bo‘lsa, ishga kirgan vazirlik xati asosida o‘qishni ko‘chirish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlangandi.
Qayd etilishicha, o‘tish ballari shu yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirilgan.
Mavzuga oid
17:41 / 11.02.2026
2026 yilgi test imtihonlarida topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
22:30 / 20.08.2025
Talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi
18:15 / 20.08.2025
1-kurs talabalaridan yotoqxonaga arizalar qabuli boshlandi
21:27 / 19.08.2025