Tinç okeanidagi Kamçatka yarimoroli qirğoqlarida davomli zilzilalar sodir böldi, deb xabar berdi Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmatining mahalliy filiali 20 iyul kuni.
Rossiya Fanlar akademiyasi geofizika xizmati mahalliy vaqt bilan soat 18:28 da (Toşkent vaqti bilan vaqti bilan 08:28 da) 6,7 magnitudali birinçi kuçli silkinişni qayd etdi. Biroz ötgaç, mahalliy vaqt bilan soat 18:48 da (Toşkent vaqti bilan soat 08:48) 7,2 magnitudali zilzila sodir böldi. Yana taxminan 20 daqiqadan söng 6,7 magnitudali navbatdagi zilzila kuzatildi.
Har uçala zilzila ham Petropavlovsk-Kamçatskiydan 160-169 kilometr uzoqlikda qayd etilgan. Uçala holatda ham zilzila öçoği beş kilometr çuqurlikda bölgan.
Avvaliga Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmatining Kamçatka filiali zilzilalardan birining maksimal magnitudasi 7,6 ni taşkil etganini ma’lum qildi, ammo keyin mutaxassislar bu ma’lumotlarga aniqlik kiritdi – hozirda 7,2 magnitudali zilzila haqida xabar berilmoqda. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kamçatka ölkasi böyiça boşqarmasi ma’lum qilişiça, zilzilalardan biri 7,6 magnitudali bölgan. Şu bilan birga, AQŞ Geologiya xizmati saytida Kamçatka qirğoqlarida maksimal 7,4 magnitudali bir neçta zilzila sodir bölgani aytilgan.
Keyingi soatlarda seysmologlar 4,2 dan 6,3 gaça bölgan öndan ortiq takroriy silkinişlarni qayd etişdi.
Mahalliy aholi vakillarining sözlariga köra, zilzila paytida uylar qattiq silkinib, xonadonlardagi mebellar qulab tuşgan. Baza Baza’ning yozişiça, dastlabki ma’lumotlarga köra, heç kim jabrlanmagan.
Kamçatkadagi bir neça aholi yaşaş punktlari uçun sunami xavfi e’lon qilingan. FVV ma’lumotiga köra, tölqin balandligi 60 santimetrni taşkil etişi mumkin. «Sohilga yetib kelişi mumkin bölgan tölqinlarning balandligi yuqori emas. Lekin qirğoqdan uzoqlaşiş kerak. Heç qaçon qirğoqqa borib, sunamini tomoşa qilişga urinmang. Bu xavfsiz bölmasligi mumkin!» – deyiladi FVV xabarida.
Region gubernatori Vladimir Solodov öz telegram-kanalida birinçi tölqinning keliş vaqti ötgani – heç bir aholi punktida sunami kuzatilmaganini ma’lum qildi.
















