Toshkentda avtosalon rahbari xodimlarining “ishonchi”ni tekshirish uchun xavfli sinov o‘tkazdi. U o‘zi mashina boshqargan holda, yo‘liga xodimlarini jonli to‘siq qilib qo‘ygan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ko‘rinishicha, xodimlar o‘z direktoriga ishonishini aytgan holda birma-bir yo‘l ustida turgan. Rahbar esa mashinani yaxshigina tezlikda boshqarib kelib, xodimning oldida tormozlagan. U hatto xodimlardan birini urib ham yuborgan.

Videoga Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi e’tibor qaratib, avtosalon rahbari boshqargan mashinani jarima maydoniga qo‘ydi. Haydovchining o‘zi bir nechta qoidabuzarligi uchun jarimaga tortildi.

“Taklif va talablar bo‘yicha olingan video edi. Bu narsani hech kimga maslahat bermayman. Asosan, Instagram'da hayp qilish uchun edi, to‘g‘risi”, – degan huquqbuzar boshqa bunaqa qilmaslikka va’da berdi.