Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi namoyishlar ortidan antikorrupsiya organlariga yana mustaqillik berilishi mumkin
Deputatlar shu mazmundagi qonun loyihasini Oliy Radaga kiritdi. Avvalroq, antikorrupsiya organlarini Bosh prokuraturaga bo‘ysundirish haqidagi qonun ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan edi.
Ukraina Oliy Radasining 48 nafar deputati Korrupsiyaga qarshi milliy byuro (NABU) va Ixtisoslashtirilgan antikorrupsiya prokuraturasiga (SAP) mustaqillikni qaytarishi kerak bo‘lgan qonun loyihasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda so‘z erkinligi qo‘mitasi rahbari Yaroslav Yurchishin xabar berdi.
«NABU va SAP mustaqilligini qaytarish to‘g‘risidagi qonun loyihasini turli fraksiyalardan 48 nafar deputat imzoladi. Ro‘yxatdan o‘tkazamiz. Ertaga ovoz berish mumkin», deb yozdi Yurchishin.
Deputatlarning tashabbusi Oliy rada tomonidan qabul qilingan va 22 iyul kuni prezident Volodimir Zelenskiy tomonidan imzolangan 12414-sonli qonunga javob bo‘lishi kerak. U amalda NABU va SAP idoralarini mustaqillikdan mahrum qilib, ularni Bosh prokuroraturaga bo‘ysundirgan edi.
Ukraina prezidenti 12414-sonli qonunni imzolaganidan so‘ng, Ukraina shaharlarida norozilik namoyishlari boshlandi. Qatorasiga ikki kun odamlar Kiyev, Odessa, Lvov va boshqa shaharlarda namoyishlarga chiqib, qonunga veto qo‘yishni va NABU va SAP mustaqilligini qaytarishni talab qilishdi. Yevropa Ittifoqi ham qonundan norozilik bildirdi. Zelenskiy o‘zi imzolagan hujjat atrofidagi vaziyatga izoh berib, Ukraina Oliy Radasiga jamiyatning reaksiyasiga «javob bo‘ladigan» va «korrupsiyaga qarshi institutlarning mustaqilligini kuchaytiradigan» qonun loyihasini kiritishini yozdi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026