Toşkent şahri, Şayxontohur tumanida quriliş-montaj işlari ötkazilişi sababli Kiçik halqa avtomobil yölining (KHAY) Beşqayrağoç köçasi kesişmasidan Beruniy köçasi kesişmasigaça bölgan bir tomonlama yönaliş qismi 18 iyul soat 15:00 dan 21 iyul soat 6:00 gaça transport vositalari harakati uçun yopiladi. Bu haqda şahar hokimligi xabar berdi. Uşbu davr mobaynida muqobil yönalişlardan foydalaniş tavsiya qilindi.

Toşkent şahri transport boş boşqarmasi xabariga köra, şu hududda quriliş-montaj işlari olib borilişi munosabati bilan ayrim avtobus yönalişlari muqobil köçalar orqali harakat qiladi:

34-son avtobus Şifokorlar şaharçasi — Çilonzor metro bekati yönalişida Beruniy köçasi → Nurafşon → Kökça darvoza köçasi orqali harakatlanadi.

64-son avtobus Paxtakor metro bekati — Birlik mavzesi yönalişida Nurafşon → Kökça darvoza köçasi orqali harakatlanadi.

87-son avtobus Qora Qamiş 2/4 mavzesi — Çilonzor 30-daha yönalişida Beruniy → Nurafşon → Kökça darvoza köçasi orqali harakatlanadi.

116-son avtobus Şifokorlar şaharçasi — Çilonzor buyum bozori yönalişida Beruniy → Nurafşon → Kökça darvoza köçasi orqali harakatlanadi.

131-son avtobus Olimpiya mehmonxonasi — Döstlik-2 mavzesi yönalişida Beruniy → Nurafşon → Kökça darvoza köçasi orqali harakatlanadi.

147-son avtobus Çorsu savdo markazi AŞB — Çinni bozori yönalişida Beruniy → Nurafşon → Kökça darvoza köçasi orqali harakatlanadi.

Uşbu avtobuslarning qaytiş yönalişi özgarişsiz qoladi.