Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailanddagi O‘zbekiston fuqarolaridan Kambodja bilan chegaradosh hududlarga bormaslik so‘raldi
O‘zbekiston TIV Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegarada yuz bergan qurolli to‘qnashuv munosabati bilan yuzaga kelgan vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi barcha tomonlarni vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga chaqirdi.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda Tailand va Kambodjada istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari orasida jabrlanganlar mavjud emas. Tailand poytaxti va turizm markazlarida vaziyat barqaror bo‘lib, xorijiy sayyohlar uchun xavf-xatar mavjud emas.
Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolaridan Kambodja bilan chegaradosh hududlarga safar qilmaslik va rasmiy xabarlarni kuzatib borish so‘ralmoqda.
Favqulodda vaziyatlarda Bangkokdagi Bosh konsulxonaga (+66-2) 675-3995 yoki (+66-2) 675-3996 raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.
Mavzuga oid
09:40 / 03.07.2026
Pxuketda ikki o‘zbekistonlik ushlandi
09:10 / 03.07.2026
Qozog‘istonda qiyin ahvolga tushgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
19:13 / 13.06.2026