Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi oliy maktab talabalariga o‘qishni boshqa oliygohlarga ko‘chirish taklif qilindi
Rosobrnadzor Shaninkaga aniqlangan qonunbuzarliklar tufayli ikkinchi bildirishnoma taqdim etdi va endi universitet akkreditatsiyasi bekor qilinishini kutmoqda.
Moskva ijtimoiy-iqtisodiy fanlar oliy maktabi (Shaninka) talabalariga boshqa universitetlarga o‘tish tavsiya qilindi, chunki rahbariyat Rosobrnadzor tomonidan kuchayib borayotgan bosim ostida akkreditatsiya bekor qilinishini kutmoqda. Bu haqda talabalar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda universitet rektori Mariya Sigova ma’lum qildi, deb yozadi "Groza" nashri universitetdagi ikki manba va uchrashuv qaydnomasiga tayanib.
2024 yil noyabr oyida universitetda o‘tkazilgan rejadan tashqari tekshiruvdan so‘ng, Shaninkaga aniqlangan qonunbuzarliklar sabab, har qanday dasturlarga yangi talabalarni qabul qilish taqiqlangan edi. Shundan so‘ng, Rosobrnadzor yana bir tekshiruv o‘tkazdi va universitetga ikkinchi bildirishnoma taqdim etdi, dedi Sigova talabalarga. «Ikkinchi bildirishnoma taqdim etilgani akkreditatsiyamiz to‘xtatilishi mumkinligini bildiradi», — dedi rektor.
Universitet Rosobrnadzorning birinchi qaroriga sudda e’tiroz bildirmoqchi bo‘ldi, biroq yutqazdi, shundan so‘ng apellyatsiya shikoyati berdi. Dastlabki sud majlisi 31 iyulga belgilangan. «Bu qanchalik istiqbolli ekanini aytish qiyin. Rosobrnadzor bilan sudda g‘alaba qozonishimizga unchalik ishonmaymiz», — deya tan oldi Sigova talabalarga.
Uning fikricha, akkreditatsiya barcha dasturlar uchun yoki faqat universitet tekshiruvdan o‘ta olmagan dasturlar uchun bekor qilinishi mumkin: psixologiya (bakalavr va magistratura), sotsiologiya (bakalavr), menejment (bakalavr). Sigovaning so‘zlariga ko‘ra, agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, sentabr yoki oktyabr oyining boshida universitet akkreditatsiyadan mahrum bo‘ladi. Sigova, shuningdek, agar Rosobrnadzor ikkinchi bildirishnomani bekor qilmasa, universitetning ta’lim litsenziyasi to‘xtatilishini istisno qilmadi. Shu fonda talabalarga boshqa universitetlarga o‘tish taklif qilindi va buning uchun o‘ttiz kun vaqti borligi tushuntirildi. Universitet rahbariyati o‘qishni ko‘chirishga «qo‘lidan kelganicha» yordam berishga va’da qildi.
Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
11:33 / 10.06.2026
Pedagogika talabalari uchun tashqi diagnostika joriy etiladi
09:28 / 16.05.2026