O‘zbekiston | 11:29 / 28.07.2025
3560
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat organlarida ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalar birinchi rahbar bo‘ysunuviga o‘tkaziladi

Ijro intizomini samarali tashkil etishda davlat organlari rahbarlarining mas’uliyati yanada oshiriladi.

“Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi

2025 yil 1 sentabrdan boshlab:

✔️ davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar alohida tuzilma sifatida bevosita birinchi rahbarlar bo‘ysunuviga o‘tkaziladi;
✔️ davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga mas’ul tuzilmasi xodimlarining Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Adliya vazirligida reja-jadval asosida har uch yilda bir marotaba malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini nazorat qilish bo‘yicha yangi tartib joriy etilishi munosabati bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida O‘zbekiston prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi negizida 20 ta shtat birligidan iborat O‘zbekiston prezidenti va hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi tashkil etiladi.

Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini baholash amaliyoti joriy etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid