Bino qurilişi 2012 yilda, heç qanday arxitektura ruxsatnomasi, seysmik va geologiya xulosalarisiz, xususiy tartibda qurilişi boşlangan.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, bino quriliş me’yorlariga javob bermaydi, xavfli va seysmik jihatdan yetarli darajada barqaror emas.

2022 yil may oyida ötkazilgan texnik ekspertiza natijasida binoni ta’mirlaş ilojsiz, uni töliq buziş lozimligi haqida xulosa berilgan. Şundan söng, öşa yil iyul oyida sud qarori bilan inşootni öz hisobidan buziş Furqat Xalilovning zimmasiga yuklatilgan.

Furqat Xalilov

Ammo sud qarori uzoq vaqt ijro qilinmay qolgan. 2023 yilda esa binoning birinçi qavatida noqonuniy qahvaxona oçilib, bu holat jamoatçilikda yana muhokamalarga sabab bölgandi.

2025 yilda davlat ijro organlari sud qarorini bajarişga kirişdi. Ayni paytda maxsus texnikalar jalb etilgan, bino qismlarining buzilişi boşlangan.

Bino sohibi Furqat Xalilov sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yana murojaat bilan çiqdi. U 10 yildan ortiq mehnati va kiritgan sarmoyasi yöqqa çiqmoqda, deb hisoblaydi.