14 yoshli qizning muntazam zo‘rlanib, reanimatsiyaga tushganidan so‘nggina fojiadan xabardor bo‘lgan jamiyat, Xorazmdagi yetim qizlar ishida shartli jazo tayinlagan sud, qog‘ozda qolgan qonunlar... Bu holatlar O‘zbekistonda bolalar qanday darajada himoyasiz ekanini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Angrendagi fojia — bundan ko‘zimiz ochilmaydimi?

14 yoshli qizning ota-onasi ayrim sabablarga ko‘ra farzandining hayotini nazoratsiz qoldirgan, u keksa buvisi qaramog‘ida yashaydi. Uning hayoti, jismi va ruhiyati to‘rt shaxs tomonidan oyoqosti qilinishi bir necha oylab davom etgan. Ammo hech kim bu holatdan xabardor bo‘lmadi. Sababi aniq — bu bolaning ortida uni himoya qiluvchi, javobgarlikni talab qiladigan hech kim yo‘q edi.

Bu — birinchi marta emas.

Xorazmda yetim qizlar zo‘rlanishi – o‘xshash voqealar

2023 yilda Xorazmda mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan 15–17 yoshli qizlar bir necha oy davomida davlat xizmatchilari tomonidan zo‘rlangani ma’lum bo‘lgan edi. Sudda ularga shartli jazo tayinlandi. Prokuraturaning “qizlar o‘z xohishi bilan rozi bo‘lgani” haqidagi iddaosi hayratlanarli bo‘ldi. Jamoatchilikning keskin noroziliklari ortidan ularning ishi qayta ko‘rib chiqilib, malakalandi. Qizlarning taqdiri, kelajagi va ruhiy ahvoli esa hech kimni qiziqtirmadi. Bu ikki holatni bir-biriga bog‘laydigan yagona umumiy nuqta — jabrlanuvchilarning himoyasizligi.

Nega biz xotirjammiz?

2023 yil aprelda qabul qilingan yangi qonunda bolalarga nisbatan zo‘ravonliklarga jazo biroz kuchaytirildi va O‘zbekistonda ham pedofillar reyestri yuritiladigan bo‘ldi. Bu tizim ishga tushsa pedofillar haqida xabardor va ogoh bo‘lishimiz mumkin edi. Ammo hanuz bu masala ochiqligicha – qonunda va qog‘ozda qolmoqda.

Dunyoning ko‘plab mamlakatlari pedofillarga kimyoviy kastratsiya qo‘llab, bunday jinoyatlar xavfini keskin kamaytirayotgan bir paytda biz atrofimizdagi pedofillar haqida ma’lumotga ham ega emasmiz. Bu usul hatto qo‘shni Qozog‘istonda ham qonun doirasida qo‘llanadi. Xitoy, Yaqin Sharq, Afrika, Lotin Amerikasi, Eron, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistonida bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun