Maqolada 2025 yil iyun oyida Özbekistonda ötkazilgan Törtinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi respublikaning islohotlar yölidagi muvaffaqiyatlari va xalqaro maydondagi nufuzining oşganini namoyon qildi. "Forumda 8 mingdan ziyod iştirokçi, jumladan 100 dan ortiq davlatlar va xalqaro moliya institutlari, YeBRR va BRIKSning Yangi taraqqiyot banki rahbarlari iştirok etdi. 30,5 milliard dollarlik şartnomalar imzolangani esa Özbekistonning investitsiyaviy jozibadorligining sezilarli darajada oşganini körsatdi", – deyilgan naşrda.
Iqtisodiy sohada Özbekistonning sönggi 7 yildagi transformatsiyasi ustuvor ahamiyatga ega bölib, YaIMning 2017 yildan 2024 yilgaça sezilarli ösişi va sanoat sektoridagi yuqori taraqqiyot mamlakat iqtisodiy rivojlanişining asosiy omiliga aylandi. Investitsiya böyiça qonunçilikning takomillaşgani va soliq imtiyozlari kabi islohotlar tadbirkorlik muhitini yaxşilab, xorijiy sarmoyalarni jalb qilişga xizmat qildi. "Özbekistonga 2017-2024 yillarda 188 milliard dollar investitsiya kiritilgani va 16 mingdan ortiq xorijiy kapital iştirokidagi korxona oçilgani buning yaqqol ifodasidir", – deya qayd etilgan manbada.
Vengriya OAVda ta’kidlanganidek, Özbekistonning mintaqaviy va xalqaro munosabatlardagi örni ham sezilarli darajada mustahkamlandi. "Köp vektorli diplomatiya, Markaziy Osiyoda tinçlik va integratsiyani ta’minlaşga qaratilgan taşabbuslar, şuningdek, Janubiy Osiyo bilan munosabatlarni mustahkamlaş mamlakatni mintaqada muhim hokimiyat markaziga aylantirmoqda. Iqtisodiy ösiş va mintaqaviy hamkorlik orqali Özbekiston Yevrosiyo va Janubiy Osiyo örtasidagi iqtisodiy boğlovçi nuqtaga aylanişda davom etmoqda", – deb yozilgan Eurasia Magazine'da bosilgan maqolada.

















