Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stokholmda AQSh-Xitoy savdo muzokaralari boshlandi
AQSh va Xitoy Stokholmda savdo muzokaralarining yangi raundini boshladi, deb xabar berdi Shvetsiya bosh vazirining idorasi. Muzokaralar ikki kun davom etishi kutilmoqda.
Foto: Fredrik Sandberg/TT News Agency/AFP/Getty Images
AQSh va Xitoy Stokholmda savdo muzokaralarining yangi bosqichini boshladi. Bu haqda 28 iyul, dushanba kuni Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson idorasi xabar berdi.
AQSh moliya vaziri Skott Bessent va Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifen boshchiligidagi uchrashuv AQSh va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida savdo kelishuvi e’lon qilinganidan bir kun o‘tib boshlandi, deb xabar beradi AFP.
Stokholmda Shvetsiya hukumati qarorgohi oldida ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi. Muzokaralar ikki kun davom etishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp 28 iyul kuni Shotlandiya g‘arbidagi Ternberri shahridagi golf kurortida Xitoy o‘z bozorlarini dunyoning qolgan qismiga ochishini istashini aytdi.
«Xitoy bilan munosabatlarimiz yaxshi, ammo Xitoy - qattiq. Biz hammamiz qattiqmiz, ha, lekin nima bo‘lishini ko‘ramiz... Men Xitoy o‘z mamlakatini ochishini istardim», — deya Oq uy rahbarining so‘zlarini keltiradi Reuters.
Mavzuga oid
00:48
Xitoy kompaniyasi odamsimon robotlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026
Ishinger: Rossiya yevropaliklar bilan emas, AQSh bilan muzokaraga qiziqyapti
14:26 / 10.01.2026