Reuters naşrining yozişiça, Uzoq Rossiya hududida bir neça kişi jarohat oldi, Yaponiya şarqiy qirğoğidagi keng hududlar esa evakuatsiya qilindi. Bu hududlar 2011 yilda kuçli zilzila va sunami oqibatida vayron bölgan edi.

«Bugungi zilzila jiddiy va ön yilliklardagi eng kuçli tebranişlardan biridir,« dedi Kamçatka gubernatori Vladimir Solodov Telegramʼda e’lon qilingan videoda.

Favqulodda xizmatlarga köra, Kamçatkaning ayrim joylarida 3–4 metr balandlikdagi sunami qayd etilgan. Aholi qirğoqdan uzoqlaşişga çaqirildi.

AQŞ Geologiya xizmati zilzilaning 19,3 km çuqurlikda sodir bölganini va markazi Petropavlovsk-Kamçatskiy şahridan 119 km janubi-şarqda joylaşganini bildirdi. Dastlabki magnituda 8,0 sifatida qayd etilgan, keyinçalik bu körsatkiç yangilandi va kuçli 6,9 magnitudali takroriy tebraniş ham qayd etildi.

Yaponiyaning ob-havo agentligi 3 metr balandlikdagi sunami tölqinlari keng qirğoq hududlariga yetib kelişi mumkinligini ma’lum qildi. Tsunami signalizatsiyasi Yaponiyaning Tinç okeani böyi şaharlarida yangradi, hukumat aholini balandroq joylarga çiqişga çaqirdi.

AQŞ sunami ogohlantiriş tizimi Rossiya va Ekvadorning ayrim qirğoqlarida 3 metrdan baland tölqinlar, Yaponiyada, Gavayida, Çilida va Solomon orollarida 1–3 metrli tölqinlar ehtimoli borligi aytildi. AQŞning Ğarbiy qirğoği hamda Tinç okeanining boşqa köplab hududlarida kiçikroq tölqinlar kuzatilişi mumkin.

Rossiyaning soğliqni saqlaş vaziri Oleg Melnikov TASS davlat axborot agentligiga ma’lum qilişiça, bir neçta odam jarohatlangan.

Rossiya Fanlar akademiyasi bu hududda 1952 yildan beri qayd etilgan eng kuçli zilzila bölganini ma’lum qildi.