30 iyul kuni Tinç okeanida, Kamçatka qirğoqlari yaqinida sodir bölgan zilzila paytida Petropavlovsk-Kamçatskiyda ham kuçli silkiniş sezildi. Tarmoqda Kamçatka ölkasi onkologiya dispanserida olingan video paydo böldi. Videoyozuvni Kamçatka ölkasi soğliqni saqlaş vaziri Oleg Melnikov e’lon qilgan.

Unda şifokorlar jarrohlik amaliyoti ötkazayotgan paytda zilzila sodir bölganini köriş mumkin. Tibbiy apparatlar silkina boşlagaç, xodimlar jarrohlik stolida yotgan bemorni yiqilib tuşişdan asrab qolişgan. Xodimlardan biri operatsiya xonasiga örnatilgan monitorni, hamşira esa asboblar turgan stolni uşlab turgan. Qaysidir lahzada yozuvda asboblar uçun möljallangan metall idiş tuşib ketişidan çiqqan ovoz eşitiladi.

Ölka soğliqni saqlaş vaziri tibbiyot xodimlarini «oq xalatdagi qahramonlar» deb atagan. «Xavfga qaramay, şifokorlar xotirjamlikni saqlab, oxirigaça bemorning yonida bölişdi. Ayni damda bemorning ahvoli yaxşi», – dedi Oleg Melnikov. U dispanser xodimlariga «professionalizm va stressli vaziyatda matonat körsatgani» uçun minnatdorçilik bildirgan.

Kamçatka ölkasi gubernatori Vladimir Solodov yiğilişda tibbiyot xodimlarini davlat mukofotlariga taqdim etişga qaror qilganini ma’lum qildi. «Men şifokorlarga jasorati, professionalligi uçun minnatdorçilik bildirmoqçiman. Darhaqiqat, jarrohlik amaliyoti paytida bemorlarga ğamxörlik qiliş davom ettirilgani, jiddiy silkinişlarga qaramay, xotirjamlik saqlanganini körişimiz mumkin», – dedi region rahbari yiğilişda (yiğiliş videosi uning telegram-kanalida joylaştirilgan). Gubernator ölka hukumati rahbari örinbosari Viktoriya Sivakka «operatsiya paytida tibbiy yordam körsatişni davom ettirgan» tibbiyot xodimlarini davlat mukofotlariga taqdim etiş uçun hujjatlarni tayyorlaşni buyuradi. «Bunday jasorat eng yuqori bahoga loyiq», – deb yozdi Solodov telegram-kanalida.

Kamçatka onkologiya dispanseri ikkinçi jarrohlik bölimi boşliği Yana Gvozdevaning «Zvezda» telekanaliga bergan intervyusida aytişiça, tibbiyot xodimlari operatsiyani töxtatişi mumkin bölmagan, çunki bu laparotomik operatsiya (tanani kesiş orqali amaliyot ötkaziş) bölib, mutaxassislar bemor huşiga kelişiga yöl qöya olmasdi. «Biz operatsiya stoli yiqilmasligi va bemor qölimizdan çiqib ketmasligi haqida öyladik, çunki qörqinçli edi – agar bunday vaziyatda bemor, Xudo körsatmasin, stoldan tuşib ketsa, bu juda yomon oqibatlarga olib kelardi. [Hozir] bemor reanimatsiyada, lekin hammasi yaxşi, ahvoli barqaror, hammasi a’lo darajada», – dedi Gvozdeva.