Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:
- muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan in vitro sharoitida ko‘paytirilgan payvandtagli meva va tok ko‘chatlarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun arizalar berish va ularni ko‘rib chiqish;
- payvandtagli meva va tok ko‘chatlarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratish;
- payvandtagli meva va tok ko‘chatlarini parvarishlash majburiyatlarini bajarilishini nazorat qilish.
Subsidiyalar Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
- muvofiqlik sertifikati (ixtiyoriy) mavjud bo‘lgan «in vitro» sharoitida ko‘paytirilgan payvandtagli meva daraxtlarini sotib olish qiymatining 50 foizi yangi intensiv bog‘ barpo etgan va ularni dala chetlariga, kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofiga ekkan talabgorga, lekin bitta payvandtagli meva daraxtiga 25 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;
- muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lgan danaksiz va yangi tok navlariga 7,5 ming so‘m va mahalliy tok ko‘chatlariga 2 ming so‘mdan oshmagan miqdorda.
Ma’lumot uchun: in vitro (lot. — «shisha ichida») — «probirkada», ya’ni sun’iy sharoitlarda, organizm yoki tabiiy muhitdan tashqarida o‘tkaziladigan tajribalarni anglatuvchi atama.














