Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uxlamasdan mashina boshqarish oqibati: Toshkentda 10 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Yuk mashinasi qizil chiroqda to‘xtab turgan mashinalarni urib ketgan. Bunga haydovchi uxlab qolgani sabab bo‘lgan. U tongga yaqin Qo‘qondan Toshkentga kelib, dam olmasdan, yana ortga qaytayotgan bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida yuk mashinasi haydovchisi sudirgi tutib qolishi natijasida boshqaruvni yo‘qotib, 10 ga yaqin avtomobilni urib ketgani haqida video tarqaldi.
Videoda yuk mashinasi o‘z yo‘nalishidagi 9 ta avtomobilga zarar yetkazganini ko‘rish mumkin.
Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati aniqlik kiritishicha, ushbu holat 1 avgust kuni soat 13:30 larda Yangihayot tumani, Choshtepa ko‘chasida ro‘y bergan.
Hodisaga haydovchining salomatligidagi muammo emas, balki u charchoq tufayli uxlab qolgani sabab bo‘lgan. U tongga yaqin Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridan kelgan, ammo dam olmasdan, yana ortga qaytayotgan bo‘lgan.
Yuk mashinasi svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan ikkita Lacetti, shuningdek, Captiva, Spark, Onix, Malibu 2, Cobalt, Hyundai, Tracker 2 avtomashinalarini shikastlagan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:10
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026
“Toshkentni dunyodagi eng qulay shaharlardan biriga aylantiramiz” – hokim Shavkat Umrzoqov bilan suhbat
08:41 / 05.06.2026