Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grant taqsimoti uchun ariza berish muddati 10 avgustgacha uzaytirildi
Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024-2025 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025 yil 10 avgustga qadar uzaytirildi.
Grant taqsimlash uchun ariza berishga ulgurmay qolganlar 10 avgustgacha hujjatlarini taqdim etishi mumkin. Arizalar oliygohlarning veb-saytlari orqali yoki kontrakt.edu.uz saytida qabul qilinmoqda.
Talabalar ariza berishda 3 xil grantdan birini tanlashi kerak:
- to‘liq va to‘liq bo‘lmagan grant (GPA 3,5 dan baland);
- qo‘shimcha davlat granti (faqat ijtimoiy himoya reyestrida «qizil» va «sariq» toifadagi oilalar a’zolari uchun, GPA 4 dan baland);
- OTM granti (GPA 3,3 dan 4 gacha).
Imtiyozli yoki maqsadli grantga kirganlar, shuningdek, sirtqi, kechki va masofaviy shaklda o‘qiydiganlar ariza yubora olmaydi.
Mavzuga oid
10:31 / 31.05.2026
“Erkinlikdan ko‘ra tartib ustun bo‘lgan”: MIT PhD dasturiga 100 foizlik grant yutgan Munisa Jumanova hikoyasi
10:20 / 13.04.2026
Oliy ta’limda chet elliklar uchun yangi grant dasturi ishga tushiriladi
18:59 / 06.03.2026
Ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun davlat granti kvotasi 2 barobar oshiriladi
14:52 / 09.11.2025