Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qidiruvda bo‘lgan uch fuqaro BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan fuqarolar Birlashgan Arab Amirliklaridan O‘zbekiston Respublikasiga keltirildi.
Toshkent va Abu-Dabi Interpol milliy markaziy byurosi xodimlarining uzviy hamkorligi va muvofiqlashtirishi natijasida Birlashgan Arab Amirliklaridan og‘ir jinoyatlar sodir etganlikda ayblanib, xalqaro miqyosda qidiruvda bo‘lgan uch nafar fuqaro O‘zbekistonga topshirildi. Ushbu fuqarolar tegishli tartibda O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlariga o‘tkazildi.
Amaldagi xalqaro kelishuvlarga asoslangan va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashga qaratilgan barcha jihatlarni hisobga olgan holda, uchrashuvlar va muzokaralar davomida o‘rnatilgan ikki tomonlama aloqalar tufayli topshirilayotgan jinoyatchilar soni ortmoqda.
Yetkazib berilgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan mamlakat hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlarga oid ayblovlar bo‘yicha qidiruv e’lon qilingan edi.
Endi ular jinoiy javobgarlikka tortilib, sud oldida javob beradi.
Mavzuga oid
21:07 / 13.07.2026
BAA Ho‘rmuz bo‘g‘oziga muqobil yo‘nalish quradi - OAV
22:44 / 01.07.2026
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
20:20 / 21.06.2026
Interpol o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi
18:00 / 19.06.2026