Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov: Rossiyaning tashqi siyosatiga baho berish uchun Putinga quloq solish kerak
Rossiya tashqi siyosatiga baho berish uchun Putinning bayonotlariga qarash kerak, dedi Peskov Kreml Medvedevga ohangini pasaytirishni maslahat beradimi, degan savolga javob qaytarib.
Foto: kremlin.ru
Rossiyaning tashqi siyosatiga baho berish uchun prezident Vladimir Putinning bayonotlariga qarash kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
«Asosiysi, albatta, prezident Putinning pozitsiyasi. Mamlakatimizda tashqi siyosatni davlat rahbari — prezident Putin shakllantiradi», — deya uning so‘zlarini keltiradi "Interfaks" agentligi.
Shu tariqa Peskov Kreml sobiq prezident Dmitriy Medvedevga tashqi siyosat bo‘yicha bayonotlarini yumshatishni maslahat beradimi, degan savolga javob berdi.
«Rossiya yadro qurolini tarqatmaslik mavzusiga juda e’tiborli va biz har bir inson yadroviy ritorikadan juda ehtiyot bo‘lishi kerak, deb hisoblaymiz», — deya qo‘shimcha qildi Kreml vakili.
Medvedev bilan sirtdan mojaroga kirishgan AQSh prezidenti Donald Tramp «tegishli hududga» joylashtirishni buyurgan ikkita yadro suvosti kemasini ko‘chirishi haqida gapirar ekan Putin matbuot kotibi shunday ta’kidladi: «Amerika suvosti kemalari allaqachon jangovar navbatchilikda, bu davom etayotgan jarayon». «Biz hozir gap qandaydir eskalatsiya haqida ketyapti deb o‘ylamaymiz», — deya qo‘shimcha qildi Peskov.
Mavzuga oid
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026
Rossiya iqtisodiyotida pasayish bor - Putin
19:22 / 23.03.2026
Yevropa Ittifoqi Putinni migratsiyaning «asosiy harakatlantiruvchi kuchi» deb atadi
15:23 / 20.03.2026