Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Angren shahar bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro B.N. 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga Latviya davlatiga borishi uchun 8 250 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida ishchi viza olib berishini va’da qilib, oldindan 2 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.