Vaşington Janubiy Kavkazdagi eng muhim transport yölagini nazoratga oladi, bu Boku va Yerevan örtasida kutilayotgan tinçlik kelişuvining bir qismi böladi, deb yozdi Reuters AQŞ rasmiylariga tayanib.

Yölak «Trampning xalqaro tinçlik va farovonlik yöli» (Trump Route for International Peace and Prosperity yoki TRIPP) deb nomlanadi.

Naşr ma’lumotlariga köra, bitimni imzolaş marosimi 8 avgust kuni Oq uyda bölib ötadi. Unda AQŞ prezidenti Donald Tramp Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokaralar ötkazadi. Manbalarning aniqlik kiritişiça, hadli kelişuv «tinçlikka erişişning aniq yöli» va uzoq vaqtdan beri dolzarb bölgan tranzit masalasini hal qilişni nazarda tutadi.

Uşbu yölak bir neça yillardan buyon ikki davlat örtasidagi bahs mavzusi bölib kelayotgan edi. Ozarboyjon mamlakatning asosiy qismini öz eksklavi - Noxiçevan bilan boğlaş uçun Armaniston hududi orqali transport yölagi yaratişni talab qilib kelmoqda.

Armaniston yölakni faqat öz nazorati ostida oçişga rozi böldi, ammo Ozarboyjon bunga qarşilik qildi. Endi Armaniston Qöşma Ştatlarga uşbu tranzit yönalişini rivojlantiriş uçun uzoq muddatli eksklyuziv huquqlarni beradi.

Rasmiylarga köra, marşrut Armaniston qonunçiligiga muvofiq işlaydi, AQŞ esa uçastkani infratuzilmani quriş va boşqariş bilan şuğullanadigan konsorsiumga ikkilamçi ijaraga beradi.

Bundan taşqari, Armaniston va Ozarboyjon rahbarlari 1992 yilda mojaroga vositaçilik qiliş uçun taşkil etilgan AQŞ, Fransiya va Rossiya boşçiligidagi Minsk guruhini tarqatib yuboriş töğrisidagi hujjatni imzolaydi. Amerika rasmiylarining fikriça, erişilgan kelişuv Ozarboyjonning «Ibrohim kelişuvlariga» - Tramp prezidentligining birinçi davrida tuzilgan Isroil va bir qator musulmon davlatlari örtasidagi munosabatlarni normallaştiriş taşabbusiga qöşilişi mumkin bölgan qadamga aylanişi mumkin.