Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Pashinyan va Aliyev 8 avgust kuni tinchlik bitimini imzolaydi
AQSh prezidenti Ozarboyjon rahbari va Armaniston bosh vazirini 8 avgust kuni Oq uyda «tarixiy tinchlik sammiti» doirasida qabul qilishini tasdiqladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Ozarboyjon rahbari Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanni 8 avgust kuni ikki davlat o‘rtasidagi uzoq yillik mojaroga barham berishga qaratilgan «tarixiy tinchlik sammiti» doirasida qabul qilishini tasdiqladi. Amerika yetakchisi tegishli xabarni 7 avgust, payshanba kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirdi.
Pashinyan va Aliyev «tinchlik kelishuvini rasmiy imzolash marosimida Oq uyda men bilan birga bo‘ladi», deb yozgan Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington, shuningdek, Janubiy Kavkaz salohiyatini ochishga yordam beradigan «iqtisodiy imkoniyatlarni bo‘lishish bo‘yicha ikki davlat bilan» ikki tomonlama kelishuvlarni ham imzolaydi.
«Ko‘plab yetakchilar urushni tugatishga urinib ko‘rdi, ammo hozirgacha muvaffaqiyatsizlikka uchradi – «TRAMP tufayli (o‘zgarish bor)», — deb yozdi u.
«Mening ma’muriyatim ancha vaqtdan beri har ikki tomon bilan muzokaralar olib bormoqda», — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti va u «to‘g‘ri ish qilgani uchun bu jasur rahbarlar bilan juda faxrlanishini» ta’kidladi.
Mavzuga oid
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026